Assalamu Alaykum va Rohmatullahi va Barokatuh. "Ibratli Hikoyalar" bo'limi yangi ochildi hammamizga muborak bo'lsin. Bu olam ibrat olishni istagan kishilar uchun hamisha hikmatga to'ladir. Har bir narsaga ibrat olish istagi bilan qarash hayotning haqiqati va hikmatini topishning kalitidir. 1950 yilda Shimoliy Koreya(KXDR) armiyasi Janubiy Koreya Respublikasiga bostirib kiradi. Janubiy Koreya armiyasi tomonida AQSH va 19 ta davlatning BMT bayrog'i ostidagi armiyasi jang qilardi. 3 yildan so'ng urush tugaydi. Shunday kunlarning birida AQSHdagi boy xonadonlarning birida telefon jiringlab qoladi. Telefon trubkasini ko'targan ayol hayratdan quvonib, o'z o'g'lining ovozini eshitadi. Onaizor uzoq muddat davomida Koreyada bo'lgan o'g'lidan shu paytgacha hech qanday xat-xabar olgani yo'q edi. Shuning uchun aziz o'g'lining hozir Amerikada ekanligidan, okean qirg'og'idagi San-Diyego shahridan uyiga qaytayotganidan quvonib ketadi. - Oyi, men sizga faqat shuni aytmoqchi edimki, o'zim bilan quroldosh do'stimni olib boryapman. U qattiq jarohatlangan - ko'zi, qo'li va oyog'idan ajralgan. Men uning biz bilan yashashini xohlardim. - Tushunarli, o'g'lim, - javob berdi ayol. - U juda jasur va mard yigitga o'xshaydi. Bizda uning uchun bir necha muddatga joy topiladi. - Oyi, siz meni tushunmadingiz. Men uni biz bilan yashashini xohlardim. - Ha, mayli, - javob berdi ona. - Biz uni uyimizda 6 oygacha saqlashimiz mumkin. - Yo'q, oyi. Men uni biznikida doimiy qolishini xohlayman. Biz unga juda ham kerakmiz. Uning faqatgina bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i bor. U dahshatli holatda. Gap shu yerga kelganda ona sabr-toqatini yo'qotdi. - O'g'lim, sen vaziyatga to'g'ri qaraydigan holatda emassan. Sen urushda qatnashganing uchun ham unga juda rahming kelyapti. Bu sheriging senga va bizga dardisar bo'lib, hammamizga jiddiy tashvishlar keltiradi. Aqlli odam bo'l. Telefon birdan jimib qoldi. Ertasiga yetib kelgan telegrammadan uydagilar dahshatga tushishdi. Ya'ni, o'g'li o'z joniga qasd qilib, San-Diyego mehmonxonasining 12-qavatidan o'zini tashlabdi. Bir hafta o'tgach, ularning uyiga armiya tobuti keldi. Daxshatli qayg'uga botgan ota va ona tobutda o'zlarining bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i yo'q o'g'illarining jasadini ko'rdilar. forum.islom.uz
|