Sevgi... Oliy tuyg'u. Lekin u ham tugashi, tamom bo'lishi mumkin ekan. Bunga bir holatni misol keltirmoqchiman. Menimcha u qizni holatiga tushishni hech kim xohlamasa kerak
Qiz kollejda bir yigit bilan sevishardi. 3 kurs bo'lganda yigitdan sovchi keldi. Ota-onalar ham bir-birini yaxshi tanib olishgandi. Lekin qiz o'zgarib qolgandi. Qo'ng'iroqlarga javob bermaydi, uchrashuvlarga chiqmaydi. Qiz yigitdan zerikib bo'lgandi. Agar institutga kirib ketsam, unda boshqa bir yigitni yoqtirib qolsamchi degan fikrlar bo'lardi. Bu gaplarni onasiga aytganda esa "Bo'ldi endi sening taqdiring hal" degan javob oldi. To'g'rida ularning sevgisini butun shahar bilardi. Qiz boshqa bir yigit bilan sevishib qolganda ham bu gaplar o'sha yigitni qulog'iga yetib bormaydimi? Butun shahar bilgan narsani keyin nahot u bilmaydi? Uylanishga kelgandachi? Boshqa yigit bilan yurgan qizga uylanarmikin. Balki qiz yoqtirishni sevgi bilan adashtirgandir yoki bu chin sevgimasdir...