YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:06
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Декабрь » 13 » Sizni kechirmayman hech qachon...
08:26
Sizni kechirmayman hech qachon...

Odamlarni kuzatishni, hayotga chetdan razm solishni, ko’ngilni tahlil qilishni yaxshi ko’raman… Shularga asoslanib hikoyalar turkumidan iborat "Muhabbat manzaralari” nomli mittigina qissani yozdim. Muhabbat bu ikki dil o’rtasidagi murakkab munosabatgina emas. Muhabbat… iymon, sadoqat, o’kinch, quvonch, xiyonat… Hayot ranglarining har bir taqdir suratida aks etishi… Ishonmasangiz, "Muhabbat manzaralari”ni o’qing...

Ollohning bandalariga atagan tuhfasi bizgada nasib etdi, jufti halol bo’ldik.Jufti halol… Buning ma’nosini ne ekan, begim.?! Bu shirin turmush, totuv hayot va o’rtadagi sadoqatning rishtalarini tugunlovchi farzandlar degani. Bizda bularning hammasi bor edi… Bolalarim mehringizdan to’yib-to’yib nafas olar, xonadonimiz o’z quvonchu tashvishlarimiz ila fayzli, tarovatli edi bir paytlar…
Ha bir paytlar…
"Dadajon, bu-men, Gulruhman, eshikni oching.! Dilnozni mazasi qochib qoldi, operasiya qilish kerak ekan, dadam kelsinlar deyapti, dadajon.!”
Eshik tutqichiga uzalgan qo’llaringiz ortingizdagi ayolning "qayting, orqaga” degan so’zlaridan shalvirab tushdi.
Ayol. Ayolingiz deyishga tilim bormaydi. Chunki u sizga jufti harom, halol emas.! Buning ma’nosini bilasizmi?! Bu, ikkimizning shirin turmushimizga tomgan zahar degani, yana birovning nasibasiga solingan changal, eng yomoni, begunoh farzandlarning ko’zlariga cho’kkan mung, armon degani.
Ayol turgan joyida baqirdi:
"Yo’qol, itvachcha.! Sen yetimchalarga dada emas, pul kerak! Qorangni o’chir tez.!”
"Dadajon, eshikni ochsangiz-chi.! Dilnoz "dadam kelsin” deyapti…” Siz eshik ortida yig’lab turgan bolajoningizni emas, nikohsiz xotiningizni ovutishga tushdingiz…
Kasalxonada farzandingiz jon olib-jon berar, sizni qidirardi.
"Dadam… Dadajonim kelsinlar, bir martagina ko’ray, atigi bir marta…”
Vrach bezovtalanayotgan qizimizning bosh tomoniga o’tdi-da: "Men shu yerdaman, qizim, dadangman!”dedi. shu lahzalarda xiyonatingizdan kuyib, ado bo’layotgan yuragim qayta yonib ketgandek bo’ldi. Siz quvib solgan kichkinangiz yonimga yuragi xun bo’lib, qaytib keldi.
Qizimizni… Olloh qaytarib berdi.
Gunohim nima edi o’zi.?! Tushunolmayapmhttp://www.sherlar.uz/news/0-0-0-8118-10an hanuz…
Bilasizmi, ayol uchun mehrdan o’zga qimmatliroq tuhfa yo’q, lekin siz shunida o’z ayolingizdan qizg’andingiz. Qayerda xato qildim o’zi.? Qachon, qaysi lahzada ko’nglingizni og’ritdim.? O’ratamizga suqilib kirgan ilon sizni qanday qilib avrab-aldab, uyasiga olib kirib ketdi, sezmay qoldim.
Ming afsus… Siz, baribir, undan qadr topmadingiz. Men ezozlab, topingan inson allaqanday betayin kimsaning poyida xor bo’ldi. O’z baxtingizni topmadingiz, toptadingiz…
… Yodimga tushaverasiz, takror va takror…
Yo’q men ojiz emasman.! Irodam mustahkam, bardoshim metindan ekan, chidadim bariga. Endi sizni barmoqqa qadalgan tikanni sug’urib olganday hayotimdan siqib chiqardim. Jarohat o’rnini farzandlarim quvonchi, baxt-kamoli davolaydi. Sizsiz ham yashasa, hatto yaxshi yashasa bo’lar ekan, bilsangiz.
Umid qilmang… umid qilmang-ki, hech qachon kechirmayman. Yonimga qaytishingizni xayolingizga ham keltirmang.
Mening pok ruhim siz kabi nopok kimsa ila hamnafas bo’lmoqlikka orlanadi, bilsangiz…
N.D.ga

P.S bu hikoyadagi qahramonlar o'ylab topilgan emas. hammasini o'z ko'zim bilan ko'rib eshitib yozganman.


Категория: SEVGI | Просмотров: 1162 | Добавил: munik77 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz