Sizga ovunch bo`laman,shunday Ovunch bo`lamanki,men bilan bo`lib butun borliqni,g`am-tashvishini,armon-azoblarini unutasiz. Sizga Umid bo`laman,mening ilinjimda hayotga bo`lgan ishonchingizni qaytarishni istaysiz. Sizga Baxt bo`laman,mening-la hayotingiz mazmunini qaytarib,uni mukammal qilishni istaysiz. Sizga Orzu bo`laman,menga erishmoq istagida dunyolardan kechishni istaysiz. Sizga Sevinch bo`laman,meni bir laxzaga bo`lsa-da his etmoq uchun qayg`u daryosidayuztuban yotgan behol tanangiz quvonch nurlaridan baxra olmoq istaydi. Sizga Hayot bo`laman,bu bebosh ruhim qanchalik tanamni tark etishni istamasin,siz-la qoladi.Sizga Sevinch bo`laman....
|