Yana tong otdi yana bir
kun yaqinlashtirdi so'nggi kunimga. Xar tong umid bilan ko'z ochaman.
Xar tunda esa bu so'nggisidir deb o'yga botaman. Bilaman
qachondir bu sodir bo'ladi.o'zimi tayyorlashga urinaman ammo o'lim
xaqida qancha o'ylasam shuncha yuragim og'riydi. Xuddi o'ylagan sarim
umrim qisqarayotgandek go'yo. Maxzunman dilimdagi insonlarga bir so'z
etolmay. Atrofimga qariman ertaga man bo'lmasligim mumkunligi xaqida
umuman xech kim o'ylamaydi. Man esa aytolmayman. Ayriliqqa o'zim dosh
bera olmayapmanku xalitdan ularga qanday qilib bu dardni ravo
ko'raman...Yeg'layman...yuragim yana og'ridi..Onajon onajonim meni
shuncha yil yashab qadrizga yetmapman. Bir marotaba bo'lsada sizga sizni
yaxshi ko'rishimni etmabman. Bitta gul sovg'a qila olmapman..Onajon men
yomon farzandman..Farzandlik burchini bajara olmadim...Sizga munosib
farzand bo'la olmadim..Otam o'rnini bildirmadiz man uchun xam ota xam
ona bo'ldiz og'ir gapirganizda ko'nglimga olib sizdan xafa bo'libman.
Adam olamdan o'tganlarida qanday axvolga tushganizi bilaman.Onajon mani
kechirin doim otannga o'xshisan dirdiz taqdirim xam otamga o'xshadi
onajon. Sizga to'yib to'yib qarab olay. Axir xali yana qancha yashardim.
Do'stlarimni yo'qladim xammadan uzur so'radim. Birovni dilini
og'ritishni istamayman..Qo'rqayapman...Umr xam ajoyib narsa ekan bor deb
qadriga yetmaydiganlar qancha..Barmoqlarim
qaltirayapti..Qo'rqayapman..Naxot bugun so'nggisi. Ammo ketgim
yo'q..Xayollar menga tinchlik bermayapti. Inson qiziq ekan o'lim eshik
taqillatmaguncha u xaqida o'ylamaydi. Bir zum to'xta ey vaqt bajara
olmaganlarimga ulguray.
Ayamlani uzuklarini olib keldim. Ayamla doim niyat qilardila to'yimda
shu uzukni menga taqishni.. Man buni bajara olmaymanmi deb
qo'rqaman....Ketsam ayam ko'p yeg'lidila bilaman...Chunki ayamla onamdek
bolib qolganlar. Ayajon man sizi yaxshi ko'raman. Kechirin sizi ko'p
xafa qildim. Xamisha mani yonimi oldiz mani qo'lladiz..Ayajon iltimos
faqat yeg'lamen chunki sizi yeg'lashizga sababchi bo'lishi istamiman.
Siz dunyodagi eng yaxshi buvisiz. Olloh nasib aylab yana dunyoga kesam
yana siz nevarez bo'lishi xoxlardim. Xammelani yaxshi ko'raman..Silani
juda juda sog'inaman.
Qadirdonim ...... siz xaqizda yozmasligimni iloji yo'q. Sizni qattiq
sevdim o'zgani dimadim yuragimni sizga ochdim..Sizni
sevaman...so'zlashga tilim lol..nima deyishni xam bilmayman. Bilasizmi
yeg'idan o'zimni tuta olmayapman...Xozi demishizi bilaman EX shanti man
sani ko'proq sevaman disiz Azizim umr egovi mani
egovladi...Ayrilyapman.ayriliq oldidan manga daxshatlide tuyilgan bu
xayotim qanchalik shirin ekanini tushinmapman. Siz bilan urishganlarimiz
birga darsdan qochganlarimiz sevamiz deb atrofdagilani qiynaganimiz
oyizlani qarshiliklari mani oilam man xammasi juda qiyin xayotim azob
deb o'ylagandim. Kelajeda xech kim bo'lomiman yashomiman dib
o'ylagandim. Ammo xato o'ylagan ekanman. Qanidi bir umid bo'sa man
qo'ldan boy bermasdim. Ayam xoxlaganlaridek yaxshi insonga turmushga
chiqardim..Yaxshi kelin bo'lishga yaxshi jufti xalol bo'lishga urinib
ko'rardim. Balki shu uzukni o'shanda baxt to'la ko'zlar bilan
taqarmidim? Xozi esa ko'zim to'la yosh.
Yana tun bugungi kunni tamomladim umid qilamanki ertaga yana ko'rishamiz..Axir xech kim bilmaydi erta keladimi yo'qmi?
Xurmaatli
sayt azolari qadrdon do'stlarim. Bu shaxsiy narsaku nega yozding dersiz
bir kun sizda xam shunday afsuslanish xissi bo'lmasligini istayman.
Yashang
uzoq umr ko'ring. mmo xaoytga befarq bo'lmang. Xayot juda go'zal. Bazan
boshimizga tashvish tushganda taqdirni sho'r peshonamizni ayblaymiz.
Unutmang xayotingiz o'Z qo'lingizda.Bir zumda xammasi o'zgarishi mumkun.
Atrofingizga qarang nechta tirik jon xamma omonat..Siz tanimaydigan
o'sha do'konchi,xaydovchi,kondukto,aptekachi yoki do'ktor
ishchi,sotuvchi,sutchi xullas xamma xammada xuddi sizikidek yurak bor.
Xuddi sizdek orzu umidlarga to'la qalblar bor. Xayot juda go'zal. Xar
bir fasl xattoki shu soviq qorni xam o'z gashti bor. Ko'zlarimiz
yomonlik ko'rmasin, oyoqlarimiz yomon joyga yurmasin qo'llarimiz yomon
narsani ushlamasin dilimiz pok qalbimiz osuda bo'lsin....Xayotni qadriga
yeting...Mana bir kunlik bir inson so'zini armonini o'qidiz sizi nima
to'xtatmoqda boring onongizga do'kondan bir dona bo'lsada gul olin
yaxshi ko'rishingizni ayting...buvingizni maxkam bag'ringizga
bosing...sevgan insoningizga dilingizdagilarni ayting shunda ko'rasiz
xayot go'zalligini qalbiz qanchalar osudalik topganini shunda xis
qilasiz..... Boring men udddalay olmagan ishlarni qiling sizda xali
imkon bor........
|