Jaranglaydi qo'l telefonim. Shoshib olsam begona raqam: - Allo. Jonim, meni kechiring, Gulingizni so’ldirdi alam… Ulgurmasman javob bergani, So’z tugamay uzilar tarmoq. Lol bo’laman, ham chiqar jahlim - Jonga tegdi daydi qo’ng’iroq. Lekin ketmas hayollarimdan Notanish va mahzun bu ovoz. Nega sovuq so'z aytdi bu qiz? Yoki asab o’ynar bir tannoz? Kun o’tadi, sertashvish, horg’in, So’nggi ishim tunga qolmadi. Buyurtmachi go’zal qiz edi, Lekin afsus, quloq solmadi. Shirin uyqu eltadi qizni, Ko’zlarini yumar abadiy. Kasbim nozik, kechilmas xato, Bir iz qolmas, hammasi tabiiy. Tin olaman toza havodan So’ng raqamga qayta qo’ng’iroq: Shu on jonsiz go’zal yonida Telefoni jaranglar titroq: Hushyor tortar metin asablar: Kim? Qaerdan va nima uchun? Asta boqdim raqamlariga Ko’zlarimdan sochilar uchqun. Bu o’zimning, mening raqamim! Demak shu qiz qo’ng’iroq qilgan. Adashganmi? Yoki ataylab? Raqamimni qaerdan bilgan? Titkilayman ro'yxatlarini, Kimdan alam tortdiykin bu qiz? "Mana raqam, juda ham o’hshash, Besh o’rniga yozilgan sakkiz”. Nomsiz raqam, cheksiz kirishlar Faqat ketgan bir SMS bor. Juda qisqa, aniq bir isbot Bitta jumla : "SIZ HIYONATKOR!” Hiyonatga chidolmabdi qiz, Ne hiyonat qilgan bu yigit? Yigitmikin? Yoki qiz bola? Kim ekan u? Bandami? Sarqit? Tanish raqam teraman asta, So’nggi beshning o’rniga sakkiz. Sho’x musiqa yangrar dam o’tib, So’ng go’shakni ko’tarar bir qiz: - Alo!!! Shirin?! ! Uningni o’chir! U meniki, Alamo – alam! Yillar kunduz sening armoning, Bitta tundir mening g’alabam!!! - Alo, boshqa qo’ng’iroq qilma! U meniki borlig’i bilan. Sendan nima topdi u go’sho’r, Mendan topdi! Alamo-alam! Chidolmadim, temir asabim Dosh berolmay ipdek uzildi. Bir Hiyonat ortidan Hayot Va O’limning fikri buzildi. "U seniki bo’lmaydi endi Sen uniki bo’lib qolasan. Qiyomatga qoldirdim seni, Bugun qora xatim olasan”. Jaxl kelsa ketarkan aql, Yigitni ne aybi bor edi: Bir makkora qizning o’yini, Ikki qalbni boshini yedi. Jaranglaydi qo'l telefonim. Shoshib olsam begona raqam: - Allo. Mendan qasos oldingmi? Sen adashding. Alamo-alam. Alisher Irgashov.
|