Kim oshdi savdosida Shvetsiyalik bir
kishi NapoleonBanopartning shaxmatini juda qimmat narxda sotib oldi.
Kunlarning birida u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini
sezib qoladi. Ma`lum bo`lishicha, 1816-yili Napoleonning do`stlaridan
biri u jazo muddatini o`tayotgan muqaddas Yelena oroliga shaxmat
yuboradi. Afsuski, Banopart shaxmat donasidagi maktubni faxmlamay,
qochish rejasidan bexabar qolgan. - Napoleon o`ta tez o`qish
xususiyatiga ega ekanligini hamma ham bilavermasa kerak. Ma`lum
bo`lishicha u bir daqiqada 2000 dan ortiq so`zni mutolaa qilolgan ekan. -
Napoleon ham ijod bilan shug`ullangan. Uning qalamiga mansub bizgacha
yetib kelgan "Klisson va Ejeni” romani fikrimiz isbotidir. Roman
1795-yilda yozilgan bo`lib, u ko`proq tarjimai holga o`xshab ketadi.
Asarning o`rtasidagi sahifalari uzoq yillar noma`lum bo`lib keldi.
Nihoyat 1970-yilga kelib, o`sha sahifalar ham topildi va roman to`liq
holga keltirildi.