Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Декабрь » 3 » SIR.UZ
|
SIR.UZ – o’zbek webmasterlari uchun
O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda internetga bo’lgan talab, hatto internet orqali pul topishga bo’lgan harakatlar ham bir qadar kuchaydi. O’z-o’zidan kelib chiqadiki, internetda pul topish – saytda reklamalarni joylashtirish orqali avvalgi postlarimizda yozganimiz Googlening AdSense dasturi muqobilini yaratish ehtiyoji tug’ildi…
SIR.UZ – Sистема Iнтернет Rекламы nomi bilan o’zbek saytlariga va ularning foydalanuvchilariga yaxshi tanish bo’lgan milliy tizim o’zbek webmasterlariga o’z saytlari orqali pul ishlab olish imkoniyatini beradi.
SIR Reklama Agentligi asosan flash va gif rasmli reklamalarini o’zbek, rus, ingliz va nemis tilidagi milliy saytlarda pul topishni istovchi webmasterlar uchun taklif etadi. Bir qarashda SIR.UZ bilan hamkorlik anchagina foyda keltirishi mumkin deyish mumkin, chunki reklamalar uchun o’rnatilgan tariflar nafaqat sayt foydalanuvchilari o’rnatilgan reklamalarga bosganda, balki sahifa ko’rilganda ham webmasterlarga pul to’lanadi. SIR.UZning har bir reklamalarga bosilganda yoki ular ko’rilganda to’lanadigan pul miqdorini saytning to’lovlar haqidagi sahifasidan bilib olishingiz mumkin.
SIR.UZ saytida reklamalar harjmining keng tanlovi mavjud. Siz o’z saytingizga mos keladigan har qanday o’lchamdagi reklama kodini tanlab saytingizga qo’yishingiz mumkin. Qolgan ishni esa SIR.UZning o’zi amalga oshiradi. Reklamalarga pul to’lanishi bilan bir qatorda Sizga o’xshagan boshqa webmasterlarning saytlaridagi SIR.UZ reklamalarida aynan Sizning saytingizning ham reklamasini joylashtirish imkoniyati, ya’ni o’ziga xos "banner exchange” imkoniyati mavjud. Bu sohada Siz o’z saytingizda qancha ko’p reklamalarni ko’rsatsangiz, qancha ko’p bosishlarga erishsangiz, o’z navbatida Sizning saytingiz reklamasi ham shu darajada ko’proq vaqt boshqa saytlarda ko’rinadi.
Hamma joyda bo’lgani kabi SIR.UZ dasturida ham yutuqlar va kamchliklar talaygina. Men shaxsan SIR.UZ bilan yetarli vaqt davomida ishlaganman. Ularning saytida yuridik shaxs sifatida a’zoligim va qonuniy tasdiqlangan shartnomam bor. SIR.UZning bo’lajak hamkorlariga shu sohada ishlab kelayotgan hamkasb vakil sifatida SIR.UZ agentligining ijobiy va salbiy tomonlari haqida yozib o’tmoqchiman, toki dasturga qo’shilmoqchi bo’lgan har bir webmaster bu maqolamizdan o’zlariga kerakli javobni topishsin.
SIR.UZ dasturining ijobiy jihatlari:
SIR.UZ bilan o’zbek webmasterlari internetda pul topishlari mumkin;
Saytdagi reklamalardan tashqari o’ziga xos banner exchange mavjud;
SIR.UZ mijozlari talabiga ko’ra ICQ orqali support center xizmat ko’rsatadi;
To’lovlar Markaziy Bank kursi bo’yicha milliy valyutada olinishi mumkin;
Muammolar yordam xizmati tomonidan tez va oson hal etib beriladi.
SIR.UZ dasturining salbiy, menga yoqmagan jihatlari:
Reklamalarni saytda joylashishi shartnoma shartiga kiritilgan, ya’ni sayt boshidan 600 pixel quyigacha reklama qo’yish mumkin, undan pastrog’iga esa mumkin emas;
Mijozlarning shaxsiy kabinetida reklamalar qayerda ko’rsatilgan, necha marta bosilgan, kimlar saytni ko’rayapti kabi ma’lumotlar real time tizimidagi axborot hozircha taklif etilmaydi;
Ba’zi saytlarda SIR.UZning qoidalari qo’pol ravishda buzilgan bo’lsa ham, bunga SIR.UZ e’tibor bermaydigandek tuyiladi. Lekin mening saytlarimda huddi o’sha saytlar yo’l qo’ygan xatolik kuzatilganda SIR.UZdan tizimdan o’chirilishim haqida ogohlantirish olganman;
SIR.UZ reklamalari PHP5 kodi bilan ishlay olmaydi (lekin AdSense reklamalarida bu muammo mavjud emas);
SIR.UZ nazoratchilari sayt dizayniga, reklama joylashuviga emas, ko’r-ko’rona reklamaning qanchalik past yoki balandda joylashganiga ko’proq e’tibor beradi.
|
Категория: Веб-Мастер |
Просмотров: 2863 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|