Daraxt menga yo‘l bo‘shatadi,
O’tganimda shu yo‘ldan doim. Va daraxtning sarg‘ayib ketgan Xatlariga ko‘milar poyim. Daraxt sho‘rlik maktublarini Kimdir olib o‘qishin poylar, Maktublarin olis - olisga Olib ketar po‘chtachi soylar. Sevib qolgan kimnidir daraxt, Sevgan yori yozmaydi javob, Xatlarini yashirib o‘qib Yig‘lab - yig‘lab etmaydi tavof. Daraxt har yil yozaveradi, Siyox, dastgox, qalam, dovotsiz, Xatlarini xech kim o‘qimas, Uning sevgilisi savodsiz. Qurg‘oqchilik kunlari keldi, Saxro kabi qaqragan ko‘zga. Bu dunyoda bilsang sevgilim Go‘zal so‘z yo‘q ismingdan o‘zga, Kengliklarga chiqib ketaman Sog‘inchlaring qiynasa yomon, So‘zanaklar tentirab uchgan Jim, kimsasiz dalalar tamon. Oqshom tushib yaraqlaydi oy Shu’lalarga belanar kiftim Yulduz to‘la poyonsiz osmon Dur - javoxir qadalgan shiftim Qurillaydi baqalar ma’yus Soxilda tun etagin teshib Yuksaladi ko‘klarga ruxim Oy nuridan arqonlar eshib. Kuzgi shamol va maxzun hayol, Yetim kunlar qayg‘usi o‘zga. Cho‘kar moviy dubulg‘a - osmon, Kuzga o‘xshab ketguvchi ko‘zga. Ko‘rdim ko‘zing tubida g‘amni, Arzir edi yig‘lasam uvlab. Yupun bog‘lar bag‘ridan uchgach, Barglar ketdi shamolni quvlab. Sochlaringday uzun dardlaring, Qoshlaringda yillar kuyasi. Ko‘zing qiri xanjarday o‘tkir Kipriklaring ko‘zyosh uyasi. Balki sen ham muxojir qushday, Uchib ketib qolarsan zumda. Izlaringda daryolar ingrab, Suvlar yig‘lar yugirib qumda. Balki endi sensiz o‘larman, Balki o‘lmay kirarman yuzga. Termularman balki sog‘insam, Ko‘zlaringa o‘xshagan kuzga.
|