-Shoxruxhon yulduzlik kasaliga uchragani rostmi?
- (O'ylanib) Balki kimlagadur uchragandurman. Yulduzlik kasaliga
uchraganimni kimdan eshitganizni bilmadimu lekin men unday kasallikka
uchraganim yo'q. Yulduzlik kasaligini qandayligini ham bilmayman.
O'zimni olishni yomon ko'raman. Ko'pchilik meni o'zini oladi, jahli
yomon, "voy-vooo'" deyishadiku lekin men jim o'tib ketganim ularga
yoqmidide.
- Gap so'zlarga qaraganda mashhur radio boshlovchini sevgan ekansiz. Shu rostmi?
- Kimni?
- Dj Sabinani…
- Sabina bilan bir-birimizni hurmat qilamiz.
Oliygohdan birga o'qib hozirgacha yaxshi o'rtoqmiz. Haligacha salom
alik bor. Man Sabinani juda hurmat qilaman.
- Lekin sevmagansiz to'g'rimi?
- Agar masalan menga turmush o'rtog'ingni harakteri qanday bo'lsin
ded savol berishsa shu Sabinani harakteriga o'xshagan bo'lsa yaxshi
bo'lardi.
Nimaga aynan U?
- Odamgarchilik va ichki chiroyi bor. Hullas uni juda hurmat qilaman.
XUSAN TRAMVAY HAYDOVCHISI….?
"Sog'indim" qo'shig'i orqali barcha qizlarni ko'ngilini rom etgan xonanda Xusan haqidagi mish-mishlar qiziqdik.
- Aytishlaricha Dima Bilanga taqlid qilasiz. To'g'rimi?
- Yo'q.
- To'g'riku o'zim ham hozir sizni ko'rib Dima Bilan deb o'ylayapman.
- Bilmadim balki o'xshashligimiz bordur.
- Siz shunga harakat qilasiz. To'g'rimi?
- Yo'q men harakat qilmayman. Chunki men taqlid qiladigan qo'shiqchilar umuman boshqalar.
- Kimlar?
- Turk xonandalari Tarkan, Mustafo Sandal. Bularni san'atini juda hurmat qilaman.
- A endi bildim ularga taqlid qilar ekansizde?
- Imidj bo'yicha Mustafo Sandalga chunki imijlari boshqacha taqlid qilsa bo'ladigan xonanda.
- Manzuraga duet kuylashni taklif qilganingiz rostmi?
- Yo'q bu to'g'ri emas. Hozir duet kuylashni hali o'ylaganimcha yo'q
chunki ularni darajasiga yetganim yo'q. Hozir o'zimizni ustimizda
ishlaydigan paytdamiz.
- Mish-mishlarga qaraganda oldin tramvay xaydovchisi bo'lib ishlagan ekansiz. Shu gap rostmi?
- (Kulib) To'g'risi bu mish-mishni o'zim birinchi marta eshitib turibman. Hattoki mashina haydashni yaxshi bilmayman.
- Lekin kirakash bo'lib ishlagansiz-ku, to'g'rimi?
- Kirakash bo'lib emas, mashina haydash uchun
do'stim bilan mashinada aylanib yurardik va yo'lovchilar olardik.
Tramvay haydovchisi deganingizni hazil deb bilaman.
- Tramvaylarga chiqib turasizmi?
- Yo'q. Metro va avtobusga chiqqanman.
shou.doira.uz
|