Shou-biznesning bugungi ahvoli shu bo'lib qoldi...
Tobora avj olib borayotgan o'g'rilik ummoniga Ulug'bek Rahmatullayev ham sho'ng'ishga ulgurdi. Xit paradlarda yuqori o'rinlarni band etayotgan "Bemor" qo'shig'ini Ozarbayjonlik honanda Emin Elxan o'glu tomonidan ijro etilganini Ulug'bekning muhlislari bilishmasa kerak. Emin tomonidan ijro etilgan tarona 8 daqiqanini (!) tashkil etadi. So'zlari huddi "Bemor" qo'shig'idagi so'zlarning o'zginasi! Musiqaga qo'shib matnni ham o'g'rilab qo'ya qolishgan. Shoirning ham bastakorning ham keragi bo'lmagan. Shou-biznesning bugungi ahvoli shu bo'lib qoldi...
Kundan kunga "avj" olib boryatgan "qo'shiq o'g'rilash"ning navbatgi qahramonlari Jahongir Poziljonov hamda Ruhshona! Ko'cha shevasini "targ'ib" qiluvchi (adabiy so'zlashishni bilmasa ham kerak) Jahongir Poziljonov, Shahtel ijrosidagi Disko Partizani qo'shig'ini shunday o'zbekchaga tarjima qilib aytib qo'ya qolibdi. Disko Partizani taronasini bir yigit va bir qiz ijro etganligi tufayli Jahongir o'ziga Ruhshonani sherik qilib olgan. Balki himoya uchundir, yana bilmadik.