|
ERKAKLAR KO'RINISHI HAQIDA 4 FIKR

Samandar, xonanda, aktiyor, rejisser
1.Erkak kishi uchun ham ko'rinish juda muhim. Negaki, har bir
inson kimgadir havas qiladi va o'shandek bo'lishga intiladi. Buning
uchun sport bilan shug'ullanib, doimo navqiron ko'rinish muhim.
2.Libos tanlayotganda esa bo'y hajmini hisobga olaman. Noqulay kiyimlar chiroyli gavdani berkitib qo'yadi.
3.Liboslarimni doim bir-biriga mos holda kiyishga harakat qilaman.
4.Sochlarni ham aynan tanlangan libosga mos holda tarash muhim, ayni kunda bu shou-biznesda juda ommalashgan holat bo'lib qoldi.
IMIDJ YARATISHNING 4 USULI
Nargiza Raupova, teleboshlovchi
1.Imidjim bo'yicha faqat o'zim ishlayman. Kostyum va bluzkalarga
ko'proq ahamiyatli bo'lishga intilaman. Bunda albatta yuz tuzilishim va
harakterim yaqqol aks etishi lozim.
2.Tanlangan libosimga monand soch turmagi va makiyaj qilaman. Bu insonning didi chakki emasligini bildiradi.
3.Har doim kasbingiz nuqtai nazaridan kiyinishingiz muhim.
Televidenieda ishlaganim bois, jiddiyroq kiyinishim shart. Ochiq-sochiq
yoki tomoshabinni jalb qiladigan liboslar kasb qoidalariga to'g'ri
kelmaydi. Tomoshabinning diqqati, kiyimimizda emas, o'qiyotgan
narsamizda bo'lishi lozim.
4.Ishdan tashqari esa qomatingiz va ko'rinishingizga mos
liboslar o'zingizga imidj yarating. Men ishdan tashqarida ham
liboslarimdagi jiddiylikni saqlab qolaman. Bu esa tomoshabin ko'zi
o'rgangan holatdan chekinmaslik degani. Ikki xil tavassur insonga
to'g'ri baho bermaslikka olib keladi.
URFGA TAQLID QILMASLIKNING 4 FOYDASI
Alisher UZOQOV, aktyer, xonanda

1.Ko'pchilik bugun mana bu narsa "moda" bo'lgan deb boshqalardan
ko'rgan libosni xarid qiladi va o'shani kiyib yuradi. Ammo bu bilan
o'ziga e'tiborsiz ekanligini ko'rsatadi, xolos.
2.Har qanday "moda" eng avvalo stilist va dizaynerlar "tashxisi"
bilan qo'llanilsa, maqsadga muvofiq. Nega desangiz, u sizning
tuzilishingizga mos liboslarni tanlay oladi.
3.Aksariyat hollarda, kimgadir taqlid bilan tanlangan libos,
soch turmagi yoki imidj xarakterlarining mos emasligi bilan ham ajralib
qoladi. Demaki, sipo odamga zamonavi sport yo'nalishidagi liboslar
yarashmasligi tabiiy.
4.Eng yaxshi yo'l bu o'zingizni o'rganish yo'li. Siz qanday
ko'rinishda o'zingizni ko'ra olishingiz bilan birga, yarashadigan ishni
qilishni o'rganing. Shunda sizga nisbatan atrofdagilar fikri o'zgaradi.
Bu esa o'zingiz bo'lgan hurmatni oshiradi.
|