Yaqinda oila a’zolari davrasida qizining 3 yoshga to’lganligi
munosabati bilan "Dedeman” mehmonxonasida iftorlik dasturxonini yozgan
Shoira Otabekova shu yilning Noyabr oyida o’zining ijodiy kechasini
o’tkazmoqchi. Mazkur kecha uchun xonanda hozirdanoq astoydil
tayyorgarliklarni boshlab yuborgan.
Shuningdek,
Mustaqilligimizning 19 yillik to’yiga to’yona sifatida yangi "Vatan
desam” nomli qo’shiqni yozib tugatdi. Qo’shiq matni Sirojiddin Said
qalamiga mansub bo’lsa, oranjirovka Bahtiyor Qurbonovga tegishlidir.
Endilikda ushbu qo’shiq uchun xonanda klip suratga olishni
rejalashtirmoqda. Klip MTRK tomonidan pavilion hamda shahar ko’chalari
bo’ylab suratga olinishi ko’zda tutilgan. Muxlislar ushbu klipda Shoira
Otabekovani raqslaridan ham bahramand bo’lishadi. Shu tufayli xonanda
hozirda raqs bilan ham shug’ullanmoqda. E’tiborli tarafi xonanda ushbu
klipda umuman yangi bir qiyofada namoyon bo’ladi. Shoira Otebekova
bundan tashqari 4-5 ta yangi qo’shiqlarni ham muxlislarga tayyorlamoqda
va ulardan eng yaxshisi uchun klip ham suratga olish ham rejaga
kiritilgan.
Tez kunda "Ayriliq" va "Hotira" nomli qo'shiqlarning PRIMERA si bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang. Biz bilan qoling.
2 qo'shiqning TEXT va MINUS "UmmoN" Guruhi sollisti Zohid tomonidan yaratilmoqda.