Shohruxxonning "Leylam" taronasi ko`pchilikning e'tiborini o`ziga jalb qila oldi. Xonandaning prodyusseri bilan bog`langanimizda Shohruxxon yangidan yangi qo`shiqlar ustida ishlayapti dedi. Tez kunlarda [necha kunligi aniq emas] to`rtta sho`x, ikkita bosiq va to`rtta ruscha qo`shiqlar muxlislar etiboriga havola etiladi. Qo`shiq matni Bobur Umarov, musiqasi esa Jasur Badalboyev tomonidan yozilayotgan ekan. Muxlislarga yana 1 ajoyib xabar. "Leylam" dan keyin endi navbat "Uletayu"ga. Bu rus tilida kuylangan qoshiqqa klip suratga olish jarayonlari boshlandi va tez kunda bu videomahsulotga baho berasiz. U "Bo`rilar-3" filmida bosh rolni o`ynashi haqida oldin xabar bergandik. Voqealar rivojini portalimiz da kuzating!