Yilning eng yaxshi guruhi" nominatsiyasida g'olib bo'lish uchun harakat qilayotgan "Shod" guruhi ayni paytda asli Jizzaxlik ammo bugungi kunda Rossiyada yashab ijod qilayotgan yurtdoshimiz Otajon Malikov bilan hamkorlik qilayotganini aytdi. Ayni paytda rus shou-biznesida o'z o'rniga ega bo'lgan bastakor tuhfa etgan ikki qo'shiq "Shod" ijrosida yangrayapti. Yangi yilning ilk kunlaridanoq guruh yigitlari "Jonim mani" deb nomlangan qo'shig'iga klip suratga olish uchun xorijga jo'naydi. Gavhar Sharipova she'ri, Otajon Malikov musiqasi bilan yaratilgan qo'shiqni radioto'lqinlarda tinglayapsiz. Klipini esa yangi yil sovg'asi sifatida kutib olasiz. Undan oldin esa "Shod" M&TVA taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Agar ko'proq ovoz ololsa.