Umrim xazonlarday sovrilib ketdi, Orzum armonlarga sotilib ketdi, Adashib kirgandim ishq bozoriga, Narxim arzonlarga sotilib ketdi. Yarimta könglimni töldirar deb ishq, Dil berdim qayguni kuldirar deb ishq,
Kim bilsin g'am gulin söldirar deb ishq, Yurakni qolgani titilib ketdi. Vaqtning paymonasi töldim ekan, Dunyo dunyoligin qildimi ekan, Ag'yor kuyganimni bildimi ekan, Ustimdan zag'chalar xöp kulib ketdi. Borimni hislarga alishgan edim, Vujudni közlarga alishgan edim, Oh, bilar edim-ku adashgan edim, Hislar qatag'onday otilib ketdi. Shaxanshoh saylandim hijron köshkida, Jonim sizib chiqar közim ashkida, Sen kabi bevafo bir yor ishqida, Könglim sharobdayin totilib ketdi. Kökdagi yulduzdan kechgan edim-a, Arazlab zaminga uchgan edim-a, Tanlab-tanlab endi topgan edim-a, Topganim sarobday yöqolib ketdi...
|