CHORSHANBA, 2025.01.01, 05:09
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Февраль » 25 » Shaxzoda ga savollar
10:24
Shaxzoda ga savollar

Shaxzoda va Shaxzoda.

Shaxzoda taxallusi ostida ijod qilayotgan Zilola Musayevaga aktrisa Shaxzoda Matchonova birinchi bo'lib savollarini beradi.

Shaxzoda Matchonova bu loyixaga yaxshilab tayyorlanib, o'z savollarini yozib kelibdI.

Shaxzoda Matchanova:- "Jonim” guruxida ilk faoliyatni boshlab, yakkaxon xonandalikni boshlaganingizda nima uchun Shaxzoda taxallusini tanlagansizq Taxallusni kim o'ylab topganq
Shaxzoda (Zilola): -Juda ko'p gapirib bergandim (kuladi) "Jonim” guruxida bo'lgan paytim Tarona kompaniyasi bilan shartnoma tuzganmiz, va kompaniya xodimlari meni yakkaxon tarzda faoliyat qilishni xoxlashgan. Men esa xoxlamaganman. Natella turmushga chiqib, guruxni o'zi tark etgach yakkaxon xonanda bo'lishga majbur bo'ldim. Faqatgina "Jonim” guruxidan tubdan farq qilishim va o'zga bir imidjda namoyon bo'lishim kerak edi. Shunda sharqona malika sifatida imidj o'ylab topildi. Shaxzoda taxallusni esa Tarona kompaniyasining prodyuseri o'ylab topgan.
Shaxzoda Matchanova:-Rossiya shou-biznesida yetakchi didjeylardan biri Smesh bilan xam loyixani amalga oshirdingiz, u bilan ishlash qay tarzda kechdi va u xaqida xayotda qanday tassarufga ega bo'ldingizq
Shaxzoda (Zilola): -Ishlash jarayoni juda oson kechdi, umuman u bilan suxbat oson kechadi, juda mexnatkash va o'z oldiga qo'ygan maqsad sari intiluvchan inson. Men o'z ishim va o'zimga nisbatan juda injiq va talabchanman, u xam shunday inson ekan, keyin fantaziyasi juda kuchli. "Mejdu nebom i zemley” klipidagi ko'p saxnalarni jarayonning o'zida u o'ylab topaverdi. Xayotda juda oddiy inson, u bilan ishlash menga juda yoqdi.
Shaxzoda Matchanova:-Musiqa go'zal bo'lib so'zlari xam chiroylik bo'lgani bilan qalbingizga to'g'ri kelmagan qo'shiqlar bo'lganmiq Shaxzoda (Zilola): -Xa juda ko'p bo'lgan bunday xolatlar. Va men rad javobini berganman. Gap menga to'g'ri kelishida emas, shunchaki qalbimga mos bo'lmagan qo'shiqlarni kuylay olmayman. Qo'shiq ijro qilayotganda baribir u qo'shiqni xis qilib yetkaza berish kerak, agar men uni xis qilib xolatiga tusha olmasam uni olmayman.Shaxzoda Matchanova:-Repertuaringizdagi qo'shiqlardan o'zingizni tavsiflovchi qo'shiq qaysiq
Shaxzoda (Zilola): – "Baxtliman” qo'shig'imni juda yaxshi ko'rardim. Nafaqat o'sha paytdagi xolatimga mos bo'lgani uchun, balki umuman xayotda xar qanday og'ir vaziyatlarga qaramay yenga bilib o'zini baxtiyor sezgan ijobiy insonlarni yaxshi ko'raman. Xozirgi qo'shiqlarimni esa…(o'ylanadi) ajrata ololmayman, xammasi yoqadi. Umuman so'nggi payt meni imidjimga o'zimga xam ta'sir qilgan qo'shig'im "4 qadam” bo'ldi. Vaxolanki boshida bu qo'shiqni kuylashga qarshi edim. Bilmayman nima uchun, lekin xech xam istamaganman. Va keyin baribir kuyladim.
Shaxzoda Matchanova:-Turmush tarzidan, ortiqcha diqqat e'tibordan charchagan paytlaringiz nimalar bilan shug'ullanasizq Aynan ko'ngil orom olishi uchun.
Shaxzoda (Zilola): -Uyda, bu eng yaxshi dam olish. Oila davrasida bo'lishni juda xam yaxshi ko'raman, juda ko'p gastrol safarlarida bo'lishga to'g'ri keladi, va bundan juda xam qattiq charchayman. Umuman ijodkor ko'proq ijod jarayonidan emas, shu saxnadagi chiqish va kuylashdan emas, ko'proq yo'l azobidan qiynaladi, san'atdagi ijodkor insonlar meni bu fikrimga qo'shilishi tayin. Va albatta uydagi muxitda, oilam, o'g'lim va turmush o'rtog'im bilan o'zimni juda erkin xis qilib dam olaman. Eng to'liq ko'ngildan orom uy muxiti.
Shaxzoda Matchanova:-Odamlarda kechira olmagan narsalaringiz bormiq
Shaxzoda (Zilola): -Bilasizmi bor (kuladi). Umuman doim kechirimli bo'lish kerak deb xisoblayman, Qur'oni Karimda xam kechirimli bo'lish shart deya uqtirilgan. Chunki Xudo kechirimli bo'lganidan keyin bandasini xaqqi yo'q. Tabiatan menga kimgadir g'azab yoki xafa bo'lib yurish begona, juda tez unutib yuboraman. Lekin…xayotimda ba'zi narsalar bo'lganki ularni…yodimdan o'chira olmayman xolos. Xotiramda qolgan. Og'ir damda yaqin do'sting nafaqat qo'llab quvvatlamay, balki bundan foydalanib, itarib yuborganini kechirish mumkin, lekin unutib bo'larmikanq
Shaxzoda Matchanova:-Balki oddiy savoldir, lekin menga bu qiziq, xayotdagi shioringizq
Shaxzoda (Zilola): – "Ilojsiz narsaning o'zi yo'q, buning uchun istashing kifoya”.
Shaxzoda Matchanova:-Ayolning kuchi nimadaq
Shaxzoda (Zilola): -Eng asosiysi fikrimcha ayolligicha qolishligida. Balki unchalik dindor ko'rinmasman, lekin fikrimcha ayol erkakdan xar doim bir pog'ona past bo'lishi kerak. Ayol erkak kishini qullab quvvatlovchi, ayollik latofatini unutmaslik kerak. Buj uda muxim chunki ayol o'z latofatini yo'qotsa u avvalo o'ziga nisbatan bo'lgan qizig'i qolmaydi. Keyin esa nafaqat suygan insoniga balki atrofdagilarga xam. Xullas ayolning kuchi bu uning latofati va itoatkorligida. Men o'zimni yetarli darajada kuchli deb xisoblayman, ishda, ijodda va xokazo, lekin turmush o'rtog'im oldida o'zimni zaifa xis qilaman
Shaxzoda Matchanova:-Dunyoni nima qutqarishi mumkinq
Shaxzoda (Zilola): -Dunyonimiq (bir muddat o'ylanim kulib yuboradi). Menimcha ijobiy yondoshuv. Men bunga ishonaman. So'nggi paytlar ko'pchilik bir narsani qaytara boshlashdi, yaqinda oxirat bo'ladi deb (2012 filmi bilan bog'liq fikrlarni nazarda tutadi). Menimcha ular o'zlari bunday muxitni tug'dirishmoqda. Ichki ijobiy xissiyot, tozalik va sof ko'ngillik dunyoni qutqarishi mumkin.
Shaxzoda Matchanova:-Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan bandsizq
Shaxzoda (Zilola): -Uyda dam olaman. Aksariyat san'at olami vakillari kabi yig'ilib, ommaviy madaniy xordiq joylarida dam olishni yoqtirmayman. Menga shovqin-suron yoqmaydi. Eng yaxshi xordiq bu albatta uy va yoki chet-elga daryo soxiliga borish.
Shaxzoda Matchanova:-Aytaylik, Sizning tavallud ayyomingiz va shaxsan menga Siz xamma narsasi bor inson uchun sovg'a tanlash mushkul ish. Chin ko'ngildan bo'lishiga qaramay qanday sovg'a Sizni xursand qilishi mumkinq
Shaxzoda (Zilola): -Bilmasam…Bolaligimda menga kuchukcha sovg'a qilishgandi, juda xam xayvonlarni yaxshi ko'raman. Xozir xam uyimizda Labrodor iti va mushugimiz bor. Meni ijodiy sovg'a xayratlantirsa kerak, menga shunchaki sovg'a qilish kerak fikri bilan emas, uning moddiy jixati, narxidan xam farqli o'laroq berilgan sovg'ada e'tibor sezilsa boshqa gap. Men doim sovg'adagi e'tiborni sezaman, nimani xoxlaganimni, yoki bu sovg'aga jiddiy, ijodiy tayyorlanib yondoshsa meni ijobiy xayratlantiradi.
Shaxzoda Matchanova:-Erkak va ayoldagi sizni asablantiradigan xislatlar
Shaxzoda (Zilola): -Ko'p gapiradigan erkaklarni yoqtirmayman, baribir qizlar ko'p gapirishiga o'rganib qolganmiz. Erkakdagi saxiylikni qadrlayman. Agar u mayli moddiy taraflama saxiy bo'lsa, demak u xamma narsada, sevgi, munosabat, diqqatda saxiy bo'ladi. Shuning uchun erkaklarda saxiylikni qadrlayman. Ko'pchilik meni boshqacha tushunishi mumkin, ammo puli ko'p erkak sovg'alarga ko'mib tashlashi mumkin, lekin men bu xaqida emas, yigitni yetarli darajada puli bo'lmay, shunday bir xarakat qilishi mumkinki…tushuntirib bera olmayapman, to'g'risi. Odamdan bilinib turadi inson o'zini shundoq borligicha xadya qilib yuborishga tayyorligini. Ayollarda esa yuqorida aytganimdek, latofatni va xayotda nima istashini bilishini xurmat qilaman. Menga aqlli ayollar yoqadi. Umuman menga xaqiqiy insonlar yoqadi, mayli yomon bo'lsin lekin xaqiqiyligi uchun xurmat qilishim mumkin, chunki eng yomon ko'rganim bu soxtalik va soxta insonlar.
Shaxzoda Matchanova:-Ko'p sayoxat qilib turasiz, yoqtirgan shaxringizq
Shaxzoda (Zilola): -Suygan shaxrim Toshkentim. Ko'p shaxarlarda bo'lganman, lekin baribir o'z shaxringga tortaverar ekan, balki bu meni o'ta vatanparvarligim bilan bog'liqdir. O'z uyim va shaxrimda o'zimni erkin xis qilaman. Shunchaki sayr-sayoxat deb olsak, Milan shaxri yoqdi.
Shaxzoda Matchanova:-Go'zalligingiz siri nimadaq
Shaxzoda (Zilola): -(kuladi) Bilmasam, o'zimni go'zalman deya olmayman, shunchaki yaxshi va jilmayib turadigan insonlarni yaxshi ko'raman. Menimcha xar bir ayolni undan quvnoq nur taralib turishi bezasa kerak. Shuning uchun xamisha quvnoq bo'lib yurishni maslaxat beraman.
Navbat Shaxzoda (Zilola)ga
Shaxoda (Zilola):- Men tayyorlanishga ulgurmagandim, xarakat qilib ko'raman.
Shaxoda (Zilola):- Kim Sizga Shaxzoda ismini qo'yganq
Shaxzoda Matchanova: -Bu ismni menga buvam, buvimning onalariga atab ularni ismlarini qo'yganlar.
Shaxzoda (Zilola): -Shu ism menda taxallus, bu bilan bog'liq menga ko'p savollar berishadi va bu "Prins” degani deb ayblashadi xam. Doim baxslashganman bu musulmonlarda bor bo'lgan qizlarga qo'yilgan ism deb. Siz ismingiz mazmunidan xabardormisizq
Shaxzoda Matchanova:- Men doim Shaxzod degan ismni "Prins” sifatida tushunib, Shaxzoda nomi vaqt o'tib, qizlar nomiga xos bo'lgan tarafga o'zgarib ketgan bo'lib "Prinsessa” ma'nosini anglatadi deb tushunganman. Ko'pchilik baxs qilib bu malika tarjimasi deydi, vaxolanki "Koroleva” bu malika degani.
Shaxzoda (Zilola): -Ismingizni Sizga ta'siri bormiq O'zingizni «Prinsessa”dek xis qilasizmiq
Shaxzoda Matchanova:- Nokamtarinlikdek tuyulsa xam, xaqiqatdan ismning ta'siri bor. (kulishadi)
Shaxzoda (Zilola): -Masalan mana meni juda qattiq "Prinsessa”dek tarbiya qilishgan, vaxolanki xar bir qiz ko'nglida o'zini «Prinsessa”dek xis qiladi. Sizning tarbiyangiz ta'siri ko'proq bo'lganmi yoki ismingizniq
Shaxzoda Matchanova:- Men qattiq tarbiya ostida bo'lganman deya olmayman, balki bunga sabab oilada yagona farzand bo'lganimdir, shuning uchun juda ko'p erkalatishgan. Lekin o'zimni erkatoy va injiq xisoblamayman, chunki qiz bola o'z me'yorini, xar narsada chegarasini bilishi lozim deb xisoblayman. «Prinsessa»lik xislatimni ota-onamga, akalarimga ko'rsatishim mumkin, lekin boshqa paytda doim me'yorni bilish kerak.
Shaxzoda (Zilola): -Qaysi janrdagi filmlarni yaxshi ko'rasizq
Shaxzoda Matchanova:- Tragediya, drama.
Shaxzoda (Zilola): -O'zingiz istagan, lekin xozircha ijro qilmagan rolingiz xaqidaq
Shaxzoda Matchanova:- Ruxan "singan” insonni (shu payt Zilola ajablanib kuladi). Yaqinda bir filmdagi saxnani olib tashlashdi, unda qiz o'zini o'ldirmoqchi bo'lgan saxna bor edi, afsus, juda yaxshi rol edi. Men shu rolni juda xam istagandim.
Shaxzoda (Zilola): -Shunga o'xshash rollarni ijro qilish mumkin emas degan gaplar bor, chunki real xayotda ta'siri bo'ladi deyishadi. Shuning uchun ba'zi aktrisalar o'zini filmda o'lik xolida namoyon qilishdan cho'chib rozi bo'lishmaydi. Siz xam ta'siri bor deb xisoblaysizmiq


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 2464 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz