Prepaid abonentlari uchun "Shaxsiy kabinet"ning yangi imkoniyatlari va Postpaid abonentlari ham endi "Shaxsiy kabinet"dan foydalanishlari mumkin! Shu bilan birga KLASS xizmatining amal qilishi to‘xtatiladi.
"Shaxsiy kabinet" o‘zi nima?
"Shaxsiy kabinet" – bu UCell abonentlari uchun hisob holatini tekshirish va asosiy xizmatlarni boshqarish maqsadida o‘z shaxsiy ma’lumotlariga Internet orqali kirish imkoni. "Shaxsiy kabinet"dan foydalanishda Postpaid abonentlarining imkoniyatlari: amaldagi tarif rejani o‘zgartirish; UCell Internet ⁄ WAP ⁄ MMS avto-sozlashlarni olish; qo‘ng‘iroqlar va xizmatlar uchun mablag‘ sarfi tarixi; qo‘ng‘iroqlarni boshqarish uchun qo‘shimcha opsiyalarni o‘rnatish ⁄ bekor qilish; "Shaxsiy kabinet"dagi maxsus bo‘limdan bepul SMS yuborish. Prepaid tizmi abonentlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar: Amaldagi tarif rejani o‘zgartirish Qo‘ng‘iroqlarni boshqarish uchun qo‘shimcha opsiyalar, "Raqamni yashirish", Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish, Konferens-aloqa, "VVMS", "Email to SMS", "Mening yangi raqamim" xizmatlarini faollashtirish ⁄ bekor qilish.
"Shaxsiy kabinet" xizmati bepul taqdim etiladi va uni alohida faollashtirish shart emas. "Shaxsiy kabinet" orqali xizmatlarni faollashtirish shu vaqtdagi amal qilayotgan tariflar bo‘yicha narxlanadi.
|