Dunyoga mashxur pop qirolichasi Shakira 2000 yillarda Argentina prezidenti Fernando de la Rua ning o’g’li Antonio de la Rua bilan aloqalarini do’stlikdan boshlashgan. Ularning do’stliklari muhabbatga aylanib, 2001 yilda Antonio qo’shiqchiga o’z sevgi izhorisini ayon etadi va turmush qurishni taklif qiladi. Bu orada Shakira o’z kontsert dasturlarini namoyish etayotgan bo’lgan, birin ketin albomlari chiqariladi va rejadagi to’yi uzoqroqqa cho’ziladi. Nihoyat 2007 Sentyabr oyiga to’y marosimi kuni belgilanadi. To’y marosimi Dominika Respublikasida (Shakira tug’ilgan joyda) o’tkazilishi aniqlanadi. Hatto to’y ko’ylagini professional Argentinalik dizayner Maria Prayer yaratishi ma’lum bo’ladi. To’y marosimiga atigi 2 kun qolganda, Shakira to’satdan bularning barchasini rad etadi va hammani hayron qoldiradi. Sababini esa shu tarzda bayon etadi:
"To’yimni rad qilishimga sabab juda oddiy. Men ko’p o’yladim va ohiri to’y- bu shunchaki qog’ozbozlik ekanligini angladim va barchasini rad etdim. Bundan Antonio umuman hafa bo’lmadi. U meni qarorimni har doim tasdiqlardi. U men tarafda, demak bizning muhabbatimiz chin va abadiydir. Bunga hech qanday marosim kerak emas… ”