Главная » 2009»Ноябрь»21 » Shahzoda qora sochlaridan voz kechadimi? Yohud 1998-2010!
13:39
Shahzoda qora sochlaridan voz kechadimi? Yohud 1998-2010!
Shahzodaning ko'p yillik ijodiy faoliyati 1998 yildan boshlanganligi barchaga ma'lum. Sharqona go'zallik sohibasi Shahzoda o'tgan yillar mobaynida ko'p bora o'z imijini o'zgartirdi. Ammo, uning tashqi go'zalligi sirliligicha qolmoqda. Nazarimizda, uning go'zalligi sirli nigohi hamda maftunkor kulgusidadir.
Shahzodaning yorqin va orginal ko'ylaklarining asosiy g'oyasi aynan xonandaning o'z g'oyasi ekanligidan esa hamma ham xabardor emas. Endilikda Shahzoda o'z imijida bir qator o'zgarishlar qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Ular qanday ko'rinishda bo'lishini faqatgina tasavvur qilish mumkin. Ammo, u har doimgidek yorqin va ajoyib bo'lishi shubhasiz. Hozirgi kunda Shahzoda o'z muxlislarini tashqi ko'rinishi bilan hayron qoldirmoqchi. Katta o'zgarishlar davri keldi.