Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 31 » Shahzoda Ko`p narsadan uyalaman
21:50 Shahzoda Ko`p narsadan uyalaman |
Shahzoda
Matchonova latofatli va maftunkor aktrisalardan biri. Bir
ko`rishganimizda u bilan intervyu qilgandim. Keyin ba'zi bir sabablarga
ko`ra ishbu intervyu yozilmagandi, shovqin-suron joyda
suhbatlashganimiz bois intervyu sifatsiz yozilgandi va uni oqqa
ko`chirish juda qiyinlashd, shuningdek suhbatni rus tilida olib
borganimiz bois o`zbekchaga qiynalib tarjima qildim. Shahzoda
Matchonova bilan bo`lib o`tgan ochiqdan-ochiq suhbatni sabrlilarga
o`qishga tavsiya etamiz.
*DIQQAT JUDA UZUN SUHBAT!
— O`zimdan
o`zimgacha filmida suratga tushdingiz, film komedik janrda. Sizga
komedik janrdagi filmda rol ijro etish qiyin bo`lmadimi? Filmni
hamma komedik rol deya e’tirof etayapti-ku, lekin nimagadir meni rolim
komedik emas balki dramatikroqdir. Shuning uchun qo`limga birinchi
marotaba ssenariyni berishganda xursand bo`lib ketgandim, vanihoyat
komedik rol deb. Chunki ko`pchilik meni komedik rolda qabul qila
olishmaydi. Ssenariyni o`qib bo`lganimdan so`ng bildim-ki meni rolim
komedik emas.
— O`zingizni qarashingiz bo`yicha esa, siz komedik aktrisamisiz yoki ko`proq dramatik? [o`ylanib] Komedik rollarni o`ynagim keladi lekin menga, hozirgi holatimda dramatik obrazlar yaqinroqdir.
— Harakteringiz shunday bo`lganligi uchunmi? Harakterim qanaqa ekan?
— Jiddiy… Yo`q.
Kimlargadir ya’ni notanishlarga men jiddiydirman, tanishlarimni ustidan
hazillashishim ham mumkin. Men jiddiy yoki hazilkash bo`lishim ham
mumkin.
— Agar sizga boshidan oxirigacha komedik rol berishsa o`ynay olasizmi? Boshidan oxirigachami? Siz berib ko`ring, men ko`rsataman.
— Men beraman. So`z berasizmi? So`z berib kelaman, va qo`limdan kelganini ko`rsatib beraman, keyin men sizlardan so`rayman qo`limdan keldimi yoki kelmadimi.
— O`rgatishga keladigan bo`lsak… O`rgatish jarayoni… Qaysi ma’noda?
— O`ynay olmayman deb o`ylasangiz Men
unday deb o`ylamayman. Men komedik rolda o`ynashni xohlayapman va
o`ylayman-ki yaqin orada bu narsa bo`lib o`tadi. Tamoshabin esa hal
qiladi, men ijro eta oldimmi yoki qo`limdan kelmadimi, lekin o`ylashim
bo`yicha qo`limdan keladi.
— Masalan Alisher Uzoqovni faqat
komedik rollarga taklif qilishadi. Sizni esa faqatgina drammatik
rollarga taklif qilaverishligidan qo`rqmaysizmi? "So`nggi lahza”da Alisher Uzoqovda jiddiy rol edi. Kimgadir juda yaxshi aktyor sifatida namoyon bo`ldi. Kimgadir esa uncha emas.
— Hozir ko`pchilik Adiz Radjabov va Alisher Uzoqovni solishtira boshlashdi sizga qaysi biri kuchliroq ko`rinadi? Men kim kuchliroq, kim sustroq o`ynayotganini ayta olmayman.
— Alisher Uzoqovda mimika bor, Adiz Rajabovda nima bor? Ko`zlari…
— Va qoshlari… Qoshlar
hammada bor, lekin unda ko`zlari… Ba’zi birlarda ko`zlar bor, qoshlar
ham lekin u ko`zlarda hech narsa aks etmaydi. Adizni ko`zlari esa ko`p
narsani aytib turadi.
— Faqat ko`z bilan aktyor bo`lib qolsa unda hamma ko`zi chiroyli odamlar aktyor bo`lib qolishi kerak-ku Men uchun ko`zlar klassikasi bor. Aynan Adiz Rajabovda esa bu narsa bor. Ko`zlar ko`p narsani aytib turadi.
— Farruh Soipovchi? Yaxshi aktyor… maftunkor aktyor
— Siz "Qalbim o`g`risi” filmidagi uni obrazini sevib qolgan ekansiz. O`zinichi? Menimcha bu odamni sevib qolish mumkin. U juda maftunkor, kamtar va aqlli yigit. Lekin hammani…
— O`zini didi bor?! Yo`q
gap unda emas. Bilasizmi sevgi sizdan so`rab o`tirmaydi, "Kel sen mana
shu bo`yi baland maftunkor yigitni sevib qolasan” deb. Sevib qoldimi
bo`ldi, sevib qoldi, kimligini aloqasi yo`q. Kichkina bo`ylimi,
balandmi.
— Sizdan ham menimcha sevgi so`rab o`tirmagandir va… Siz obraz bo`yicha so`rayapsizmi?
— Siz o`zingiz obraz dedingiz, lekin haqiqat… Men
Farruhni aktyor, rejissyor va yigit kishi sifatida ham qattiq hurmat
qilaman. Lekin bundan ortiqroq hech narsa yo`q, buni sizga aniq
aytayapman. Nimadir bo`lganida aytardim, "ha, o`rtamizda nimadir bor”
deb.
— "Nimadir” bo`lishi xohlarmidingiz? [o`ylanib] yo`q. U menga yoqmaydi degani emas. Buni ba’zi sabablari bor…
— Demak obrazni sevdingiz insonni o`zini esa unchalik emas… Men,
insonni o`zi unchalik emas demadim. Meni yuragim shunchaki bu insonni
sevib qolmadi. Lekin meni yuragim bu insonni qattiq hurmat qiladi.
— Agar
hozir uyga borsangiz-da, onangiz sizga bugun ikkita sovchi keldi.
Farruh Soipovdan va Adiz Radjabovdan desalar. Qaysi birini
tanlardingiz? Men unisiga ham, bunisiga ham rad javobini berardim.
— Nimaga? Chunki bu narsani bo`lishi mumkin emas.
— Bu narsani tasavvur qilib ko`rish mumkin. Hop. mayli tasavvur qilgan taqdirimda ham, Farruhni o`zini qizi bor, Adizni o`zini qizi bor.
— Ular bo`lmasachi? Baribir, chunki sevgi-muhabbatga qandaydir vaqt tayanib yashash mumkin, keyin esa oila boshlanadi.
— Bilishimizcha siz Diplomatiya institutini tamomladingiz. Mutaxassislik bo`yicha ketasizmi, yoki kino yo`lakchasidanmi? Menimcha
hozirchalik kinoda bo`lib turaman. Lekin hayotga real qaraydiga
bo`lsam, qizlar turmush qurgandan so`ng 99 foiz bo`yicha erkak kishi
kinoda o`ynashga ruxsat bermaydi. Bu bizni mentalitetimiz. Menimcha men
turmush qurganimdan keyin kinoni tark etsam kerak. Ana o`sha payt
mutaxasisslik bo`yicha ishlarman.
— Uy bekasi bo`lmaysizmi? Yo`q, men buni xohlamayman
— Nima uchun, karam sho`rva tayyorlab, bolalarni ovqatlantirib, "TNT”ni tomosha qilib. Men
bu holatda bo`lib ko`rmaganman, balki menga bu narsalar yoqib qolar.
Balki uyda o`tirarman, ilhom parilarini ushlab, ko`ramiz.
— Adashmasam sizni filmografiyangizda 4 film bor. Siz ssenariy tanlaydigan darajaga yetdingizmi? Men boshidanoq ssenariylarni ham rejissyorlarni ham tanlaganman.
— Bo`lmasa kinoga qanday kelib qolgansiz? Sizni chaqirishganmi yoki o`zingiz? Meni
ko`chada rejissyor Zulfiqor Musoqov ko`rib qolgandi va u meni "O`zbek
film”ga probaga taklif qilgandi, suratlarimni olib borgandim lekin
fotoprobadan o`tmagandim. Suratlarim esa o`sha yerda qolgandi, keyin
ularni Zebo Navruzova ko`rib qolgan.
— Eng yoqimli va eng yoqimsiz filmingiz Men
unday ajrata olmayman, chunki har bir filmga men o`zimni nimamnidir
qoldirganman. Shaxsiy, balki nimalardir meni hayotimda sodir bo`lib
o`tgan narsalardir.
— Hozir birinchi filmingizni ko`rsangiz o`zingizni kamchiliklaringiz, sust o`ynaganingiz ko`rinadimi? Men har bir filmda sust o`ynaganligimni ko`raman.
— Kamayib borayaptimi? Buni tomoshabin hal qiladi.
— O`zingizgachi? Aytayapman-ku
har bir filmimda ko`raman, lekin kamayganmi ko`payganmi ayta olmayman.
Chunki har bir filmimda unday narsalar bo`ladi.
— Siz boya Farruhni ham Adizni ham qizi bor dedingiz. "Menimcha” degandim
— Lekin
siz "menimcha” demadingiz. Lekin ular bizga qizlari yo`qligini
aytishgandi. Agar hozir sizdan ham so`raydigan bo`lsak siz ham
yigitingiz yo`qligi aytasiz. Yo`q, meni haqiqatdan ham yigitim yo`q, buni jiddiy aytayapman, agar bo`lganida buni sizlarga aytardim.
— Tasavvur
qiling ko`chada ketayapsiz, oldingizga bir yigit kelib "Sizni
filmlaringizni ko`rib sevib qoldim” dedi. Kimgadir bu oddiy holat
bo`lishi mumkin… Agar menga ham shunday deyishsami… Juda xursand bo`lardim…
— Lekin bunday holda yaqindan tanishishga keladigan bo`lsak… Yo`q, darhol yo`q.
— Sizni idealingiz? Ayni paytda kimni kutayapsiz? Menmi? Eng yaxshisini…
— Bu juda keng qamrov. Oq otdami? Ot bo`lishi shart emas, chiroyli bo`lmasa ham maftunkor bo`lishi shart, haqiqiy erkak kishi, insofli.
— Kasbini ahamiyati bormi? Men uni aktyor yoki honanda bo`lishi xohlamasdim.
— Yoki ishsiz… Bunisi ham, men bolalarim hech nimaga zor bo`lmasdan yaxshashini xohlayman.
— Diplomatmi, puli ko`proq bo`ladi-da unda? Shart
emas diplomat bo`lishi, biznesmen ham bo`laveradi [kulib]. Asosiysi
o`qimishli va pul topa oladigan odam bo`lsin, meni va bolalarimni
boqishga qurbi yetadigan bo`lishi kerak.
— Mana hozir teatrdan chiqdingiz, sizga nima yaqinroq kino yoki teatr. Men teatrda o`ynamayman.
— Bu tushunarli holat. Tomosha qilish ma’nosida. Kino. Kinoni deyarli hammasini ko`raman, faqat fantastikadan va betayin amerika filmlaridan tashqari.
— Unda qanday filmlar yoqadi? Jiddiy filmlar. Festival filmlari. Oxirgi yoqqani "Vozvrasheniye” filmi bo`ldi.
— Bollywood? Hind filmlarimi? Yo`q, umuman kora olmayman, yoshligimda ko`rardim, hozir esa yo`q.
— Hozirgi paytdagi o`zbek kinosining axvoli haqida… Axvoli?
Hozir ko`pchilik bizni kinoga salbiy fikrlar bildirishmoqda, ketma-ket
shtamp filmlar, sifatsiz filmlar olinmoqda deb. Lekin 5-6 yil
oldinroqqa nisbatan hozir kamroq filmlar olinmoqda. Tomoshabinda esa
o`zi tanlash imkoniyati bor, qaysi filmga borish kerakligini.
— O`zbekcha filmlarni ko`rsangiz tushunasizmi? Albatta
— Bo`lmasa nega o`zbekcha gapirmaysiz? Menga rus tilida so`zlash qulayroq, men siz bilan o`zbekcha so`zlasha olaman, faqat fikrimni aniq yetkazib bera olmayman.
— Bizning Ommaviy Axborot Vositalarida siz haqingizda juda kam informatsiya berilgan. Bizda Ommaviy Axborot Vositalari bormi? Mayli so`rang men javob beraman
— Bizda shunday nomlanadi. Umuman o`zingiz haqingizda. Men
asli Nukus shahridanman. 13 yoshimgacha u yerda yashaganman. Toshkentga
Diplomatiyaga kirganimdan so`ng kelganman. Hozirgi paytda ota-onam
bilan yashayman, oilamizda 3ta farzandmiz, akam, men va ukam. — Asosan talabalar ertalab turib o`qishga borishadi. Hozir siz o`qishni bitirdingiz. Ayni payt nima bilan mashg`ulsiz? Deyarli hech narsa bilan shug`ullanmayapman. Kinodan esa dam olayapman. Uyda o`tiribman kino ko`rib va kitob o`qib.
— Oxirgi o`qigan kitobingiz So`nggisi "Orzuimdagi erkak” [Mujchina moyey mechti]
— Yaxshi ko`rgan kitobingiz yoki muallif. Tolstoy, Dostoyevski yaqinda o`zim uchun Pasternakni ochdim.
— "Urush va tinchlik”ni o`qiganmisiz? Yo`q
— Nega, sabringiz yetmaganmi? Yo`q, o`qishga harakat qilganimda bu kitobga yoshlik qilishimni tushunganman. Ammo "Anna Karenina” yoshlik qilmaganman.
— O`zbekcha kitob o`qiganmisiz? Masalan "O`tgan kunlar”. Ruschasini
o`qiganman. Lekin baribir bunday adabiyotni ona tilingizda o`qisangiz
yaxshiroq bo`lardi. Chunki tarjima asarni butun mohiyatini va his
tuyg`ularni yetkazishga qiynalgan
[Men ham ruscha intervyuni o`zbekchaga tarjima qilishda undagi his-tuyg`ularni va asl mohiyatini yetkazishga qiynaldim]
— Bizning OAVga qaytamiz. Siz undan norozimisiz? Yo`q,
men norozi emasman. O`zbekcha gazetalarni kam o`qiyman lekin bizni yosh
jurnalistlarimiz hali ko`p narsani o`rganishlari kerak. Men o`zimni
kasbdoshlarimni intervyusiga ko`zim tushadi, intervyuni o`qisam
savollar har doim bir xil. Qanday savollarni berish kerakligini
o`rganishsa bo`lardi. Bu narsa sizga ta’luqli emas albatta, lekin hamma
gazetalarda bir xil narsa jonga tegadi.
— Intervyuda asabingizga tegadigan narsa… Neprofessionalizm. Bir xil savollar, har xil gazeta va jurnalistlar, savollar esa bir xil.
— Va javoblar Javoblar…
Bu narsa endi hammani shaxsiy ishi. Gazetalarda shou-biznes xabarlariga
ko`zim tushib qolsa, ular juda zerikarli, mohiyatni ochib bera
olishmaydi. Yaxshi yozadiganlar bor, lekin ular juda kam
— Bizni shou biznesda bir narsa modaga aylanib qoldi. Hamma kino olayapti. Siz ham kino olib qolishingiz mumkinmi? Film
suratga olishmi? Kelajakda balki film suratga olarman, meni filmim
yaxshi yoki yomon chiqadimi buni bilmayman. Balki hozirgi shunchaki
niyatimdir, balki men buni jiddiy qa’bul qilmayotgandirman.
— Jamshid Abduazimovni klipini ko`rganmisiz? Qaysi klipini? Bu bilan nimani so`ramoqchisiz?
— Bahor kelsa. Tushungan narsangizni so`ramoqchiman Ha, syujetda o`xshashliklar bor. Bu oddiy holat
— Demak sizga fikr o`g`irlanishi oddiy holat. Yo`q, shunchaki meni esimda yo`q klip birinchi chiqqanmi yoki film
— Klip filmdan ancha oldin chiqqandi. Men
klipni filmdan so`ng ko`rgandim, va film ssenaristi bilan Farruh ushbu
klipni ko`rib undagi g`oyani o`g`irlashgan deb o`ylamayman. Keyin film
klipdan keyin chiqqani bilan, ssenariy ancha oldin yozilgan edi.
— Sizga kinoga kirib kelishda nima ko`mak bergan? Bilasizmi men hech qachon aktrisa bo`laman demaganman. Aprel-may filmidan so`ng menga bu narsa yoqib qolgan.
— Aprel-may filmini so`ngida, Shoxruxxon sizni o`pishi ham yoqib qolganmi? U bo`sa yaxshilab qarasangiz bo`sa emasligini bilasiz, bu shunchaki operatorni va montajchini yaxshi ishi [kulib].
— Shu sahna bitta dublda olinganmidi? Ha, bitta dublda olingan.
— Agar boshqa kinoda yana shunaqa holat bo`lsa, o`ynaysizmi? [o`zbekchada] Qanaqa holat?
— Kimdir o`psa… Men aytayapman-ku, hech kim o`pmagan. Boshqa rozi bo`lmasdim
— Qanday holatlarda filmga rad javobini berishingiz mumkin? Agar ssenariy menga qiziq bo`lmasa, bir xil rejissyorlar bor men shunchaki ularni filmida o`ynamayman.
— Urushganmisiz? Yo`q, men hech qachon odamlar bilan urushmaganman, u rejissyorlar meni tanimaydi ham. Shunchaki chaqirishsa ham bormayman
— Demak siz rol tanlamaysiz? Narkoman qizni ham o`ynarmidingiz? Men shunday rollarni o`ynashni xohlayman, baxtsiz qizni, qoqilgan qizni, yoki ruhiyati kasallanganlarni o`ynashni xohlardim.
— Hozirgi tomoshabinlarga qarashingiz… Tomoshabinni
kuzatish juda qiziq, chunki har safar kinoda o`tirganimda kimdir
yonimda o`tirib hamma narsani izohlab o`tiradi va bu juda qiziq.
[Birinchi marotaba tomoshabin filmni izohlashi yoqadigan insonni uchratdim]
— Odnoklassnikida tanishasizmi? Tanishmayman-ku
lekin muloqotda bo`laman. Ba’zida yoqimsiz odamlar bo`ladi ularga javob
bermayman. Misol uchun menga yozishadi: "Qaleysiz, tanishsak bo`ladimi”
deb, men undaylarga javob bermayman
— Mashhurlik o`zi qanday? Men o`zimni umuman mashhur deb hisoblamayman.
— Lekin sizni tanishadi, barmog`i bilan ko`rsatishadi Ba’zida
yonimga kelib, men bilan suratga tushishadi, ochig`i bu narsadan juda
ham uyalaman, men bu narsaga hali ko`nikmaganman va juda ham noqulay
holat.
— Insonlar ko`chada tanishlari sizga yoqayaptimi? Bu yoqimli narsa
— Shularsiz yashay olasizmi? Oldin yashaganman-ku.
— Ulug`bek Qodirovga qanday qaraysiz? Yaxshi aktyor…
— Lekin baribir Farruh Soipov yaxshiroq-mi? Men yaxshiroq deb ayta olmayman
— Aytaqoling… Men aytaolmayman, chunki bu haqiqat bo`lmaydi.
— Aktrisalar bilan muloqotdamisiz? Gulchehra Eshonqulova bilan gaplashib turaman.
— Kimni yomon ko`rasiz, balki urushgandirsiz. Bu odam bilan urushmagan, u meni tanimaydi ham, uni ismi Demi Mur
— O`zimizlarnikidan-chi? O`zimiznikilar
bilan hammasi bilan iliq munosabatdaman, Xudoga shukr. Hech kim bilan
urushmaganman, menda "mana buni jinim suymaydi” degan narsa yo`q.
— Agar o`zi boshlasachi? Xarakterim bo`yicha: Bir marotaba indamayman, ikkinchi marotaba…
— Uchinchi marotaba sochini yulasizmi? Bu narsa hech qachon bo`lmaydi, men, meni tinch qo`yishlarini so`rashim mumkin yoki muammo nimadaligini so`rayman.
— O`zbek kinosida 5-6ta aktyor bo`lganligiga qanday qaraysiz? Bu
juda yomon holat. Aktyorlar 5-6ta filmlar bo`lsa juda ham ko`p va o`sha
filmlarda har safar, o`sha aktyorlar. Bu narsa esa aktyorni o`ziga
zarar chunki u tomoshabinni joniga tegadi. Menimcha aktyor kinoda
kamroq ko`rinishi kerak, chunki uning muxlisi sevimli aktyorini kuta
boshlaydi
— Tasavvur qiling aktrisalar ko`payib ketdi, sizga esa ish qolmadi Unda ayb o`zimda bo`ladi. Demak men yomon aktrisaman.
— Rejissyorlar sizni bitta ampluaga kiritib qo`yishidan qo`rqmaysizmi? Men
qo`rqadigan narsa: rejissyorlarimiz meni bir qolipgasolib qo`yishidan,
yig`loqi nozik qizcha amluasida ko`rishlaridan qo`rqaman.
— Hayotda nima ajablantiradi? Ko`raolmaslik,
bahllik, insonlarga yomonlik qilish, men insonlarga hech qachon
yomonlik qilmaganman, balki ko`p narsani ko`rib yuborganim, hozir bor
yo`g`i ** yoshdaman [voy, bu narsani yozmang], Va men o`tgan narsani
dushmanimga ham ravo ko`rmayman, eng qizig`i bo`lib o`tgan narsalardan
afsusdamasman. Chunki bu narsa menga saboq bo`lgan.
— Do`stlaringiz ko`pmi? Yaqinlari
kam, eng yaqini yonimda o`tiribdi. Bor lekin kam, insonlar ichida hozir
ikkiyuzlamachilik ko`payib ketgan. Filmdan keyin ko`pchilik do`st
bo`lgisi kelib qolgan. Yana bir eng yaqin dugonam bu meni onam, onam
meni hamma narsamni biladi, har bir qadamimdan fikrimgacha biladilar.
— Qo`shiq aytish niyatingiz yo`qmi? Bu
men uchun azaldan og`ir mavzu bo`lib kelgan… Men oldinlari agar aktrisa
bo`lmasam honanda bo`laman degandim. Va hozirda qo`shiqchi bo`lishimga
yetarlicha kuchim bor.
— Vokal tarafdanmi yoki moddiy? Moddiy,
menga hatto qo`ng`iroqlar qilishgan, "sen bilan proyekt qilamiz” deb,
lekin men professioanal sahnaga chiqish uchun vokaldan kuchli emasman
va muhlislarni kompyuter sayqali bilan aldashni xohlamayman.
— Qaysi rejissyorlar filmida o`ynashni orzu qilasiz? Ayub Shahobiddinov, Zulfiqor Musoqov va Yolqin To`ychiyev men ularni filmiga ssenariyni ham o`qimasdan rozilik berardim
— Tasavvur
qiling ular ushbu intervyuni o`qib ushbu gaplaringizni ko`rib sizga
"qandaydir” obraz yoki sahnani tiqishtirib yuborishdi. Qaysi ma’noda? To`shak sahnalari yoki shunga o`xshashmi? Bu insonlarni filmida bunday narsalar bo`lmaydi, bu aniq bilaman
— Intervyuni oxirigacha o`qib chiqqanlarga nimani tilardingiz? Ularga
o`z orzulariga ishonishlarini chunki kelajakga, orzuga va mo`jizalarga
bo`lgan ishonch albatta ijobat bo`ladi. Va avvalam bor Xudoga ishonch
mana shu mo`jizakor narsalarni ijobat qilishadi. Ikkinchisi inson
bo`lishni tilardim, mayli siz qahramon bo`lmang, yaxshilik qilish
qo`lingizdan kelmasa, yomonlik ham qilmang. Ichki va tashqi tomondan
to`g`ri bo`lish.
Buni hammaga aytavermayman-u, lekin menga juda qiziq bo`ldi.
P.S. Ushbu intervyu sizga qanday ta’surot qoldir, shu haqida yozib qoldiring
|
Категория: ШОУ-Бизнес |
Просмотров: 2736 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|