Yosh, asli xorazmlik bo'lgan xonanda Shahnoz Abdullaeva mana 3 yildirki ijod qilib kelmoqda. Bir qator qo'shiqlariga, bir necha kliplariga ega. Hozirda xonanda tushkun vaziyatga tushib qolgan va ijodni tark etishi ham mumkin?! Kuni kecha Shahnoz Abdullaeva bilan bog'langanimizda ijodni tark etishi mumkinligini bayon etdi. Nima sababdan?
Shahnoz Abdullaevaning so'nggi ishlangan klipi TV kanallarida namoyish etilishi uchun badiiy kengashdan o'ta olmagan ekan. Bu holat Shahnozga qattiq ta'sir qilgan ko'rinadi va o'z ijodini qadrlashmaganligi sababli katta sahnani tark etish yoki yana ijodni davom ettirish borasida fikr yuritmoqda. Tarozining bir pallasida 3 yillik mehnat yotgan bo'lsa, yana bir pallasida sahnani tark etish fikri yotibdi. Bu borada Shahnoz Abdullaeva barchaning fikriga quloq solmoqda. Shu jumladan, aziz muxlislarning fikrini ham bilishni istashini ma'lum qildi. Siz Shahnoz Abdullaevaga nimani maslahat bergan bo'lardingiz? U katta sahnani tark etishinimi yoki ijod qilishda to'xtamasliknimi? Sizning fikringiz muhim aziz muxlislar!