O'zbek kinoijodkorlaridan yana bir tuhfa katta ekranga chiqdi. Yosh
rejissor Javlon Shodmonov tomonidan suratga olingan, "Zamin Film" hamda
TVM telekanlidan taqdim etilayotgan "Shaddod qiz" filmi ilk
tomoshabinlariga namoyish etildi.
Bir kunning o'zida ikki
kinoteatrda prem'era qilingan mazkur kinokartinada sevgi-muhabbat aks
ettirilgan bo'lsada, boshqa filmlardan ajralib turadigan jihati mavjud.
Filmda yumor ham o'z o'rniga qo'yilgan, asosiysi bachkana film emas!
Aktrisa Oydin Yusupovani ham yangi qirralari aynan mana shu kartinada
aks etgan, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Adiz Rajabovning ijrosiga
a'lo baho berish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Murod
Rajabov esa har doimgidek o'z rolini maromida talqin etgan. Bir so'z
bilan etganda film yuqori darajada ishlangan.