Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Март » 7 » Sevish va Sevilish barchamiz nasib qilsin!!!
10:57 Sevish va Sevilish barchamiz nasib qilsin!!! |
Yoshi chamasi 30ga borgan ayol tong sahar ko’cha eshigini ochar ekan hovlisi yaqinida o’tirgan oq soqollik 3 kishiga ko’z tashladi.
Ayol dedi: "Sizlarni kim ekanligiz menga qorong’u biroq ko’rinishizdan uzoq yo’l yurib, judayam och qolganga o’xshaysiz, qani uyga marhamat.” "Eringiz uydami?" So’radi ular. "Yo’q, bugun uning ish kunligi sababli uyda yo’qlar", dedi ayol. "Unday bo’lsa biz ichkariga qadam bosolmaymiz", deb javob berdi ular. Kechga yaqin ayolning eri uyga keldi. Ayol bugun qanday voqea bo’lganini eriga aytgach "Borib ularga ayt mening uyda ekanligim va ichkariga qabul qil” dedi er. Ayol darvoza eshikni ochib ularni ichkariga taklif qildi. "Biz hammamiz bir vaqtning o’zida ichkariga kirolmaymiz," dedi ular. "Nima uchun?" deb so’radi hayratda qolgan ayol. Ularning ichidan kotta yoshlik chol o’ng tomondagi yo’ldoshini ko’rsata "Uning ismi Boylik” dedi va chap tomoniga nazar sola "Uning ismi Omad va meniki esa Sevgi. Endi esa borib ering bilan so’ylash, qaysi birimizga kirish nasib qilishligin.” Deya javob berdi. Ayol ichkariga kirib barchasini tushintirdi. Eri ancha o’ylangach "Agar bu ularning yagona yo’li bo’lsa demak nimaga boylikni uyimizga taklif qilavermaymiz, Uni ichkariga taklif qilib uyimizni ham boylikka to’ldiraylik” dedi er. Ayol eriga qarshilik bildirdi "Azizam, omadni taklif qilsakchi.” Shunda avonda poylab turgan kichkina qizchasi sakrab kelib "Sevgini taklif qilsakchi? Uyimiz ham sevgi bilan go’yo porlab turguday bo’ladi” dedi qizcha. "Mayli qizimizning ham gapi yerda qolmasin, hovliga chiqib Sevgini ichkariga taklif qil. Bizning aziz mehmonimiz bo’lsin," dedi er ayoliga ko’z tashlab. Ayol darvozani ochib 3 cholga nazar solib "Qaysi biringiz Sevgisiz? Iltimos ichkariga qadam bosib bizning mehmonimiz bo’ling” dedi ayol. Sevgi o’rnidan turib ichkariga yura boshladi. Orqasidan 2 yo’ldoshi ham uning ketidan kuzatib ichkariga qadam bosdi. Ayol hayron qolgach Boylik va Omaddan so’radi "Men faqatgina Sevgini ichkariga taklif qildim, nima sababdan sizlar ham tashrif buyurmoqdasizlar?” Shunda Sevgi ikki yo’ldoshiga nazar solarkan "Agarda sen Boylikni yoki Omadni taklif qilganingda, qolgan ikkimiz tashqarida qolgan bo’lardik, biroq sen Sevgini tanlading. Men qayerga borsam bularning ikkovi ham men bilan doyimo birgadur. Qayerda sevgi bo’lsa u yerda albatta omad va boylik insonni tark etmaydi” deya javob berdi…
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 2377 |
Добавил: Soliha_Muhammad_Ummati
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|