SEVIB-SEVIB NIMA BO‘LDIM...
Tutab-tutab kuyib boldim yonolmayman, olloh dedim , lekin sendan tonolmayman, Ayblarimni filga ortsam yurolmaydi, Tavba qilib sajdaga bosh qoyolmayman.
Sevib-sevib nima bo‘ldim bilolmayman, Ruhim o`lgan jismim bilan qololmayman. Ko`chalarga tashlab ketsang panoh so‘rab, Ollohimning oldiga ham borolmayman.
Yig‘lab-yig‘lab ado bo‘ldim o`lolmayman, Tavba uchun bir qatra yosh to‘kolmayman. Hur malaklar qaramasa maylikuya, Qaro yerdan bir qarich joy ololmayman.
Yutib-yutib xun bo‘ldim dil ocholmayman, Siylovlaring uchun sendan o`ch olmayman. Ollohga dil berganda ham dilimdasan, Sendan, yelkamdagi shaytondek voz kecholmayman....
Sevib-sevib nima bo‘ldim bilolmayman...
NIMA QILAY?
Nima qilay? Unutolmayman, Xayolimdan ketmaysan sira. Hamma narsa seni eslatar, Go‘yo borliq sendan xotira.
Nima qilay? Unutolmayman, Imkon bermas xatto uyqular, Qulog‘imda jaranglar hamon, Men yig‘lasam o‘sha kulgular.
Nima qilay? Unutolmayman, Izlaring bor, yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy titilib ketdi, Maktublaring mening qo‘limda.
Nima qilay? Unutolmayman, Irodamdan qilaman nafrat. Gunohim ko‘pmidi shunchalar, Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman, Yetolmayman manziling yiroq. Taqdirga tan bera qolmayman, Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
Nima qilay? Unutolmasam, Hasratlarni qilolmasam bas. Axir qanday unitib yashay, Yoding bilan olaman nafas, Yurak seni so‘rar xar nafas.
|