Tutab-tutab kuyib bo`ldim yonolmayman,
Olloh dedim , lekin sendan tonolmayman,
Ayblarimni filga ortsam yurolmaydi,
Tavba qilib sajdaga bosh qo`yolmayman. Sevib-sevib nima bo‘ldim bilolmayman,
Ruhim o`lgan jismim bilan qololmayman.
Ko`chalarga tashlab ketsang panoh so‘rab,
Ollohimning oldiga ham borolmayman.
Yig‘lab-yig‘lab ado bo‘ldim o`lolmayman,
Tavba uchun bir qatra yosh to‘kolmayman.
Hur malaklar qaramasa maylikuya,
Qaro yerdan bir qarich joy ololmayman.
Yutib-yutib xun bo‘ldim dil ocholmayman,
Siylovlaring uchun sendan o`ch olmayman.
Ollohga dil berganda ham dilimdasan,
Sendan, yelkamdagi shaytondek voz kecholmayman....
Sevib-sevib nima bo‘ldim bilolmayman...