Sensiz jonim ko'rgan tushim yolg'on mening Baxor yozim kuz va qishim yolg'on mening Yuzda kulgum ko'zda yoshim yolg'on mening O'zing yolg'on dunyodagi rostimsan xam dushmanim xam do'stimsan.
Xayotim qo'lingda ne qilsan mayli Sen qalbim egasi shozi sultoni Faqat bir iltimos sevgim tufayli O'zinga yo'latma o'zga insonni
Xayoldan ketmaydi aslo visoling Xatto tushimda xam seni ko'rarman Agar bir kun mendan o'zgani sevsang O'zim xayotinnga nuqta qo'yarman
Bazan o'kinasan nega sevdim deb Bazan jaxling chiqar eslasang meni Juda xam o'jar mag'rur qiz deysan Atayin xunob qilgim keladi seni Sevgingdan so'z ochsang bazida menga Jo'rtaga so'zingni bo'laman shunda Ko'zimga termulib turmoq istaysan lek tik boqolmaysan bir daqiqa xam
Jonim seni baxtga to'lib sevgandim Goxo yeglab goxo kulib sevgandim Borim nima Jonim nima xattoki Xayotimni senga berib sevgandim Afsus o'sha damlar xayol bo'ldiku Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku Vujudimda yashayotgan muxabbat Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku Shumi baxtim men sho'rlikni bilolmayman Ich ichimdan kuli chindan yeglolmayman Na tirikman na o'lib xam o'lolmayman Meni balki sevar kimdir men endi sevolmayman Sevdim degan so'zlaring qolib ketdi vafosiz Chertilmay qalb torlari nolib ketdi navosiz Jaxannammi bu dunyo? yo g'urbat bu xayotda? Tomchi suvga tashna keng saxrodaman xavosiz. Senga ayon edi sevgim dardlari Senga bayon edi sevgim xatlari Oxim yetar xatto osmon falakka Senga yetmas ming faryodu dodlarim Sevgim bo'ldi bu dunyoda bir kamim Muxabbatim bor xasratim alamim Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga Bugun so'ngi kunim so'nggi so'zlarim Tugar bo'ldi unum endi SEVOLMASMAN.....
Ayrilyabman Ketyabman muxabbatim qoldirib Armonni yor etyabman xijronlarni qondirib Meni endi yo'qotmaysiz meni endi topmaysiz xayr deya eshiklarni yopasizu ochmaysiz Sog'insangiz eslab qo'ying ismim ayting takrorlab Qaxri qattiq dunyoni bag'rin tiling so'roqlab Balki o'rnim bilinmas bir eslab xam qo'ymassiz Menga atalmagan o'sha baxtingizga to'ymassiz Agar shunday bo'lsa taqdir ne kelardi qo'limdan Sog'inchlarim dilga bitib qaolmas edim yo'limdan Lekin xamon intiq yurak ayrilyapman ketyapman Balki uchrashmasak kerak armonni yor etyapman
|