Sevgi bu men uchun muqaddas saroy, Ostonasiga ilk qo'ydim-ku qadam. Olloh shunchalar baxsh etibdi chiroy, Saroyda sargardon yuribman mudom.
Saroyda ikki xil iloxiy tuyg'u, Ularga erishish chinakam baxtdir. Gar biri bo'lmasa keltirar qayg'u, Sevish toj bo'lsa ,sevilish taxtdir!
Sevgi toji bugun mening boshimda, Taxtni esa orzu qilaman doim. Azob ekan sevgi mening yoshimda, Kun kelib taxtni xam berar xudoyim!
|