Bilasizmi, baxtni, sevgini, sog’inchni, tunlarni bedor o’tkazishni,
xayol surishni, rashkni, bugun uni ko’rarmikinman, uning farishtadek
beg’ubor yuzlariga boqib, dengizday ko’zlariga cho’kib ketishni nasib
aylarmikin deb, xayollarim armon bo’lmaskligini, olloxdan yolvorib
so’rashni nimaligini uni uchratgan kunimdan boshlab bildim, xis qildim
va bu tuyg’ularni menga armug’on etgani uchun tashakkur... men seni sevaman!
bilaman... nenidur yashirib doim ko’zlaring mendan olib qochasan, har
bir harakatingni kuzataman jim, nega meni ko’rib o’yga tolasan… gapirma
deysanu aslida o’zing so’zlarimga maftun bo’lib qolasan, qaysarsan
deysanu,qaysarligim-chun meni joningdan ham ortiq sevasan!!!
Hayotda bir-birini sevib shuni aytolmay yurganar ko'p. Lekin, bir
o'ylab ko'ring-a shu so'zni aytish shunchalik qiyinmi?!! Axir shu
birgina so'z hayotimizni o'zgartirib yuborishi mumkin-ku... Balki
kimdir shu so'zni intizorlik bilan kutayotgandir... Bir o'ylab ko'ringa...
|