Yuragimda o'rtangan navo, Seni deya chekar dod faryod. Naxot taqdir bunchalar pinhon, Ayri tushsa biz yurgan yo'llar.
Qalbim senga talpindi nogoh, Shunda bildim armon neligin. Yaratgandan so'radim panoh, Tutib ber deya umid yulduzim.
Ne qilayin orzular dilda Armon bo'lib ketmasin deyman. Ne qilayin beshavqat taqdir, Dilga hijron solmasin deyman.
O'rganibman butkul o'zinga, O'zgalarni ko'rmasdi ko'zim. Ko'ngil uchun sevdim de menga Hijron isin sezmay men deyman.
Seni deya yashab bir umir, Sening uchun to'kaman ko'z yosh. Endi jonim derman alvido, Obu taqdir buncha bag'ri tosh.
Bag''ritoshim deb atagim keldi Shunda ko'ngil ancha tinchlandi. Seni ko'rgan mayus ko'zlarim Ko''z yosh ila termulub turdi.
Bu shunchalar kuchli tuyg'uki Hislarimni qilolmam bayon. Endi doim sen deb yasharman Baxt qo'limdan tutsa nogohon.
|