Bir kuni yaxshi va yomon xislatlar nima qilishni bilmay yurishgan bir payitda POKLIK berkinmachoq o'ynashni taklif qilibdi.Bu taklif barchaga maqul kelibdi va TELBALIK men sanayman deb baqiribdi.Boshqa talabgorlar bulmagani uchun TELBALIK daraxtga suyanib sanashga o'tibdi.1..2..3..... U sanayotganda yaxshi va yomon xulqlar yashirinishga o'tishibdi.SHAVQAT oy soyasiga berkinibdi,XIYONAT axlatxonaga,MEXR bulutlar ortiga,YOLG"ON bir toshning tagiga yashirinaman deb yolg'on gapirib gullar tagiga kirib olibdi.HAVAS dunyoning markaziga yo'l olibdi,HIRS bir qopning ichiga kirib olibdi,TELBALIK sanashda davom etaveribdi.79..80..81... SEVGIdan tashqari barcha yaxshi xulqlar berkinib ulgurishibdi.SEVGI beqaror bo'lgani uchun qayga yashirinishni bilmay o'ylab qolibdi.TELBALIK 95...96..97...98.100 deb sanashni tugatayotganda SEVGI bir sakrab gullar orasiga berkinib olibdi. O'ng chapim va orqamda turganlar xisobmas izlashni boshladim!!! Orqasiga qarasa TANBALLIK joyida turganmish chunki uning berkinishga xoxishi xam madori xam yo'q ekan.Keyin oyning soyasidan Shafqatni va axlatxonadan XIYONATni topibdi.MEXRni bulutlar orasidan,yolg'onni gullar ostidan va HAVASNI dunyo markazidan topibdi.Bittasidan tashqari xammasi topilibdi.TELBALIK umidsizlikka tusha boshlabdi.Shu payt HASADning yovuzligi tutib TELBALIKning qulog'iga SEVGI gullar orasida deb aytib qo'yibdi.TELBALIK qo'liga tayoq olib gullarni ura ketibdi.Bir maxal gullar orasidan dodlagan ovoz eshitilibdi.BU SEVGIning ovozi edi.TELBALIKning tayog'i SEVGIning ko'zlariga tegib ko'r qilib qo'ygan ekan.TELBALIK qilgan ishidan ming pushaymon bo'lib SEVGIDAn kechirim so'rashga tushibdi.SEVGI ko'zlarimni endi qaytara olmaysan men uchun biror nima qilishni istasang sen menga xamrox bulishingni suragan bular edim debdi..Shundan berib SEVGIning ko'zi ko'r va TELBALIK unga xamrox ekan