Assalomu aleykum hurmatli saytdoshlar,qadrdonlar. Bugungi she'rimni Sevgi mavzusida bag'ishladim.Faqat sizlar uchun Sevgini ulug'lab yozilar she'rlar, Sevgi go'zal tuyg'u baxtliman derlar. Baxtdan sarmastlarni ko'ramiz nogoh, Ba'zilar sevmanglar deb qilar ogoh. Bu tuyg'u qanaqa yaxshimi yomon, Sevgidan hech kimsa qolarmi omon. Balki qiladi u rangingni somon, Bilolmay qoldim men boray qay tomon. Sevgining avvali Allohga beshak, Avvali inson deb keltirmaylik shak. Keyin Rasulullohga muhabbat bo'lsin, Ul zotga salovati durudlar bo'lsin. So'ngra ota-ona,do'stu yorlarga, Sevib shukr aylang ular borlariga. Har birini o'zgacha mehrla seving, Alloh uchun sevingiz,u uchun suying!
|