Bugun yana oldim qo'limga qalam, Siz uchun sherlarim yozaveraman. Sevmasligingiz menga qilsada a'lam, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox, Telbadek tikilib turaveraman. Gar sizni sevishim bo'lsada gunox, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Mayli meni do'st deb, o'zgani suying, Netay dilim kuyib yuraveraman. O'zgani ishqida bir umr kuying, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Sevganim bor deb aldamang zinxor, Rashk o'tida doim yonaverman. Bilaman ko'nglizda o'zga yigit bor, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Bugun tan beraman o'zim sabrimga, Sizni kutib, sabr-la yashayveraman. Mayli xecham yetmang mening qadrimga, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Beqadrgina bola menchalik bo'lar, Qadrimga achinib yiglayverman. Kutgan shag'zodangiz bir kuni kelar, Sunda xam men sizni sevaveraman.
Mayli siz uchun bir qul bo'lsam xam, Bir umr xizmatingiz qilaveraman. Ishqingiz dastidan bir kun o'lsam xam, SHUNDA XAM MEN SIZNI SEVAVERAMAN!!!
|