Ayol bir nuqtaga tikilgancha uzoq hayol surdi. Va narigi xonadagi telefonning jiringlashi hayolini buzdi. "Kim ekan... Nahotki...” uning yuzi yorishdi. Boyagina holsizlanib o‘tirgan juvon o‘rnidan irg‘ib turgancha telefonga shoshdi. - Alo.... Sukut... Ayolning yuragi gupurib ketdi. - Kim bu, gapiring... – dedi yana ayol. - Bu men... – va nixoyat javob keldi. Juvonning yuzi qizardi, boshida turgan og‘riq taqqa to‘xtadi. U o‘zini yengil his qildi. Uning yuragi aldamagandi, qo‘ng‘iroq qilgan xo‘jayini edi. - Bayramni yaxshi kutib oldingmi? O’sha kuni kamandirovkaga jo‘nab ketishim kerak edi. Bugun oxirgi kun. Ertaga uyga qaytaman.... Seni sog‘indim... - Men ham... – pichirladi ayol. – Sizsiz yashash azob ekan...