YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:06
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Август » 25 » Sensiz yashash azob...(davomi)
18:08
Sensiz yashash azob...(davomi)

Yoshlikda bir-birini yoqtirib qolib , turmush qurishdi. Topish-tutishi yaxshigina erining ishi shaharda bo‘lganligi uchun uy olib shaharga ko‘chib kelishdi. Bir kam dunyo deb, bejizga aytishmagan ekan. Ikkovi ham baxtli edi... Faqat farzand bo‘lavermadi. Ko‘p kutishdi... Yeh-he...Shifo izlab bormagan do‘xtiri qolmadi. Ayol ich-etini yerdi. Ikkolovining ham orzu – umidlari puchga aylanyapti. Eri unga hech nimani sezdirmasa-da , ayol xammasini bilib yurardi. Eri unga bir nima deb tana qilayotgani yo‘q . Ayol shuning uchun ham kuyib ketardi. Axir ular tengi oilalarning bir nechtalab farzandlari bor. Ko‘cha – ko‘yda birga yurishganida bolalarini yetaklab yurgan baxtiyor ota-onalarni ko‘rsa, xo‘jaynining ular ortidan xavasla uzoq muddat tikilib turib qolganiga ko‘p martalab guvohi bo‘ldi. Shunday paytlari ayolning ichini nimadir kuydirib o‘tganday bo‘lardi.
Noumid shayton ekan... Bir kuni gazeta o‘qib o‘tirib, ichidagi elonga ko‘zi tushgan ayolning joniga oro kirdi. U qayta-qayta o‘qidi. Elonda yozilishicha, bu kasalni bir zumda davolash mumkin yekan. So‘ngi umid ayolga hayotbaxsh etdi. Erining ishdan kelishini intiqib kutgan ayol, u kelganidan so‘ng og‘iz juftladi.
- Bugun gazetada yana....
U gapini boshlashga boshladi-yu ammo nima deb davom ettirishni bilmay qoldi.
Bir necha daqiqalik og‘ir sukutdan so‘ng , er gap nimadaligini sezdi chog‘i:
- Qo‘ysangchi endi bu gaplarni ! Xudo beraman demasa, bandasining qo‘lidan hech ish kelmas ekan ,- deya bu mavzuga nuqta qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo :
- Nega qo‘yaman? ... Nima uchun?... Sizga baribir bo‘lishi mumkin, lekin men adoyi tamom bo‘layapman. Tengqurlarimni ko‘rsam ichimni it timdalaydi... Bugun bozorga chiquvdim , - ayol hiqqilagancha davom etdi, - Qishloqda birga o‘qigan sinfdosh dugonamni ko‘rib qoldim. O’g‘li maktabni bitiribdi, shunga shaharga o‘qishga kirmoqchi ekan. Yana ukalarining ham bo‘ylari cho‘zilib qolgan, seniki nechta bo‘ldi, deb xadeb so‘raydi. Ko‘zimni yerdan uzolmay qoldim... Yer yorilmadi-yu meni yutib ketmadi...
Iztirobdan yuzi bujmaygan er ayolining qo‘lini mahkam ushladi.
- Baribir foydasi bo‘lmasa-chi? Bu safar ham yana o‘sha gap bo‘lsa senam, menam ko‘tarolmaymiz...
- Mayli men chidayman. Nasib bo‘lsa, hammasi yaxshi bo‘lib ketar. Qaniydi yana o‘sha baxtli kunlarimiz qaytib kelsa... Siz rozi bo‘lsangiz bas....
So‘ngi umid... Shu ilinjda ular yana shifoxonaga yo‘l olishdi. Ayol qattiq ishonardi; Bu safar barchasi zo‘r...
Uning chexrasi avvallaridagidek bo‘lmasa-da ozgina ochilganidan eri ham xushnud edi. Lekin bezovta yuragi nimadandir vaximaga tusha boshlardi.
Do‘xtirning tavsiyalari bo‘yicha barcha muolajalar-u dori – darmonlar olindi.
Endi faqat sabr , kutish.... Qachongacha...
- Ikki-uch oy ichida davolanishlar o‘z natijalarini beradi. Umuman siqilmasangiz ham bo‘laveradi,- deya ishonch bilan gapirgandi do‘xtir.
Afsuski..... Yarim yil o‘tdi hamki biron bir o‘zgarish sezilmadi.
So‘ngi umid ... Barchasi barbod bo‘ldi . U erining yuziga tik qaray olmay qoldi. Go‘yoki bariga o‘zi sababchiday ... hammasiga u aybdorday...
Erining indamasligi, dardini ichiga yutib yuraverishi esa battar bag‘rini ezardi. Qani endi er-xotin o‘tirib hasratlashishsa, to‘yguncha yig‘lasa... Nima qipti shunday bo‘lsa? Axir ikkisining ham yuragi zardobga to‘lgan-ku...
Eri ayoliga qanchaliq vafodor, qanchalar mehribon-a? Biron marta "bolam yo‘q” deb nolimadi. Ayolini haqorat qilib, xo‘rlagani yo‘q. Farzandsiz ham shuncha yildan beri totuv yashashyapti. Agar uning o‘rnida boshqa bir nomard erkak bo‘lganidami... Bilmadim nimalar qilardi. Xotinini ne ko‘ylarga, ne azoblarga solardi...
Ayol shularni o‘ylar ekan , qatiy qarorga keldi. Hammasiga nuqta ko‘yadi. Erining xam boshqa ayolga uylanib farzandli bo‘lishga haqqi bor. Axir umri shunday, bir xilda o‘tib ketavermaydi-ku... Agar eriga qo‘yib bersa, u ayolini hech qachon tashlab ketmaydi. Shuning uchun ....
Avvaliga ayol buni aytolmay ancha o‘ylanib yurdi.
- Tinchlikmi, nega parishonxotir bo‘lib yuribsan? – deya bir kun gap boshlab qoldi er.
Barcha gapni aytishning ayni payti kelganini sezgan ayol maqsadga ko‘chdi.
- Siz bilan ortiq yasholmayman! Iltimos, keting!.... – dedi ayol yuziga qaxrli tus berishga tirishib.
Aslida esa …. Undan ajralishni umuman istamasdi. Lekin qachonlardir, kimdir bu xukmni o‘qishi aniq edi. Shunday ekan... ayol buni uzoqqa cho‘zishini xohlamadi. Xo‘jayni balki boshqa ayol bilan turmush qurganida baxtli bo‘larmidi?.. Balki.... Haliyam kech emas...
Shuning uchun ham ayol o‘zi istamasada o‘zini yengdi. Er huddi uning gaplarini eshitmayotganday, qimir etmadi.
- Gapiring, qachon ketasiz? – dedi ayol bo‘g‘zigacha bostirib kelgan yig‘ini to‘xtatishga tirishib.
- Hozir ruxing ancha toliqqan. Shunga... – erning gapi chala qoldi.
- Nima telbasan demoqchimisiz ? Xa shunday... Men telbaman...telba... Shuning uchun keting... Hoziroq...
Xotining ahvolini tushungan er yana indamadi.
- Sizga turmushga chiqqan men axmoq... – dedi ayol oxiri.
Bu gap baridan o‘tib tushdi. Erning jon – jonidan tegib o‘tdi. U xotiniga qo‘l ham ko‘tarmadi, haqorat ham qilmadi. O’rnidan turdi-yu indamay chiqib ketdi.
U qaytmadi...
Izillab yig‘layotgan ayol yuzini yostiqqa bosdi. U o‘zicha to‘g‘ri ish qilgandi. Xo‘jayini balki endi baxtini topar...

Категория: SEVGI | Просмотров: 1788 | Добавил: shadina | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz