Jim-jitlik… Qop – qorong‘u xona... Shami erib tugay deb qolgan stol ustida bezatilgan dasturxon. Bugun bayram, bahoriy bayram... Lekin bu xonadonda emas... Xonada faqat soatning ohista chiqillashi-yu bir burchakda g‘ujanak bo‘lib o‘tirib olgan ayolning tinmay ux tortishi eshitiladi, xalos. U boshini sekin ko‘tarib soatga qaradi. Tun yarimlay deb qolgan mahal… Ayol devorga suyangancha o‘rnidan turdi va allaqachon sovub ulgurgan choynakdan piyolaga choy quydi-da, bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi dori bilan qo‘shib ichdi.So‘ngra yana joyiga qaytdi. Badani lovullab yonayapti, isitmasi baland. Hayxotdek uyda u yolg‘izlikka mahkumdek go‘yo… Ayol boshida turgan qattiq og‘riqdan ingrab yubordi. Demak, dori umuman ta’sir qilmapti. Qani endi, shunday paytlarda yonida turguvchi suyanchig‘i bo‘lsa… U boshini qaftlari orasiga olib changallagancha qattiq qisdi. Ayol cho‘g‘dek qizib turgan badanini hamda boshini muzdek sovuq toshdevorga suyadi. Ko‘zidan oqayotgan shashqator yoshlar yuzini yuvdi. Ey Xudo, o‘zing nimalarga qodirsan-a? Shunday suluv ayolning rangi birhol bo‘lib qolipti. O’zi unga nima bo‘layapti? Bu ko‘yga uni kim soldi, kim sababchi bunga? Nahotki barchasiga o‘zi aybdor bo‘lsa, nahotki.... Nega shunday bo‘ldi, nima uchun aynan uning peshonasiga mana shu azoblar bitildi.... Ayol bugun erining qaytishiga ishongandi. Bayram bo‘lsa-da undan sovg‘a kutgani yo‘q, o‘zi kelsa bas... uning uchun mana shu katta sovg‘a edi. Dasturxon tuzadi, tansiq taomlar pishirdi. Bu kunni necha kundan beri kutayotgandi... necha kundan beri taraddudlik ko‘rdi. Negadir uni shu bugun kelishiga ishongandi. Barchasi befoyda ketdi...baribir u kelmadi. Ayol o‘ziga hamdardlik bildirayotgandek tinmay chiqillayotgan soatga qaradi. Ko‘zyoshlarini artdi. Hali vaqt bor, balki kelib qolar, deya o‘yladi ayol umid bilan. So‘ngra o‘zini ovutgancha hayol og‘ushiga cho‘mdi. (davomi bor yoqgan bo'sa yozaman OK)
|