Gar yo’limda uchrab qolsang sen, Salomimga bermagin javob. Mulzam bo’lay, bo’lay toshga teng, Shunday qilsang bo’ladi savob.
Chiqib qolsang qarshim dan sanam, Zarra menga iltifot qilma. Mayli yerga kirib ketsam ham, O’tib ketgin, nazarga ilma.
Uchrab qolsang agar dafatan, Masxarala meni oshkora. Vohki,shunda senga nisbatan Konglim bir oz sovusa zora.
Men xaqimda desang haqlisan, Eng omadi chopmagan odam. Sendan bo’lak neki istasam, Mening uchun bari bir qadam.!
|