Bugun seni yana ko'rdim, Ko'zlaringga termulgancha hayotligimni unutdim. O'tli nigohing nega meni telba qiladi? Har kuni seni, seni ko'zlaringni minglab insonlar ichra qidiraman, Chunki seni sevaman! Axir qanday aytaman uyalaman-ku! Senchi sen meni sevasanmi? Meni sevishingni o'tli nigohingdan anglasam bo'ladimi? Ko'zlarimga qara! faqat ko'zlarim sevgimni aytishga qodir.Bilaman biz birga bo'la olmaymiz. Lekin hech kim meni seni sevishdan mahrum eta olmaydi. qalbimda olov misoli senga bo'lgan sevgim gurkirab yonadi, uni o'limdan boshqa hech narsa so'ndira olmaydi.Hayolda bo'la ham sen bilan orzularim cheksiz. Meni tabassum ila yod et.