Yig'lama jonim boshingni egib. Men xam qiynab qilmayman so'roq. Yashasan bas... kimnidur sevib. Seni baxting, mendan muxumroq. Meni sevmabsan-u yuragim berdim. Naqadar azobdur, aldanib sevmoq. Mensiz baxtli bo'lsang... men nima derdim. Seni baxting, mendan muxumroq. Menga tikon sanchdi o'zimni gulim. Duo qilay gulim, ko'rmagin zulm. Iforinga o'taman chanqoq. Seni baxting, mendan muxumroq. Baxting uchun- o'zdan tonaman. Baxtli bo'lsang- baxtga qonaman. Baxting ko'rsam- baxtdan o'laman. Seni baxting, mendan muxumroq. To'yinga borsam, yo'l qo'yib g'urur. So'z berishsa "tanish oshiqqa" Dimog'im bo'g'ilmay aytaman mag'rur. Seni baxting, mendan muxumroq. Tanam uzra tortilsa tuproq. U dunyoda boshlansa so'roq. - Nega o'zingni o'ldirding gumrox? Uni baxti, mendan muxumroq. (zamonaviy Navoiy) 08.06.2009
|