Sen bo'lmasang ko'kda quyosh balqib turar, Sen bo'lmasang qalbim behol unsiz urar. Sen bo'lmasang yurakginam dilni ezib. Har on seni taqib etib xoling so'rar. Sen bo'lmasang qaro ko'zlar kimni ko'rar. Sen bo'lmasang otash nigox kimni o'rar, Sen bo'lmasang yo'llar olis yiroqlarda. Bu oyoqlar sendan bo'lak qayga borar, Sen bo'lmasang kim xam meni kulduradi. Sen bo'lmasang kim xam meni sevdiradi, Sen bo'lmasang sog'inch yana yana armon. Bu dard meni ajal kabi o'ldiradi. Kech bo'lmasdan kelgin yorim men tomonga, Sevib sevib yurak to'lar xijronlarga. Sen o'rtanma, sen sog'inma mayli meni, Faqat tashlab ketma meni armonlarga.
Bu sherni menga Sevgan qizim yozgan edi. Mana bugun u qiz bilan vidolashdik.Bu sherni doim o'qiganimda u qiz esimga tushadi do'stlarim u qizni xech yuragimdan o'chirib tashlay olmayabman iltimos maslaxat berilar. Chunki uni unitishimga sabab bo'layotgan narsa u meni allaqachon unutib bo'lgan ekan. Bugun men uchun bu xayotda yashashdan mazmun qolmagandek bo'ldi. Bu sherni unda nima uchun menga yozib o'zi unutib yuborsa naxotki 4 yil sevishib yurib bir onda unutib qo'yish mumkin bo'lsa. Xammaga Alloh o'zi insof bersin.