Atrofdagilar tufayli kishi semirish kasalligi
bilan og'rishi haqida eshitganmisiz? Kaliforniya universiteti qoshidagi
Garvard tibbiyot maktabi vakillari salomatlik olamiga yana bir «yuqumli
semizlik» tushunchasini olib kirdilar.
Ko'p sonli o'rta yosh mijozlarni o'rganib,
garvardlik mutaxassislar semizlikka qanday hollarda chalinish
mumkinligini aytib bermoqdalar. Shunday qilib, ortiqcha to'lishib
ketish xavfi agar do'stlar «do'mboq» bo'lishsa, 57 foizga,
tug'ishganlar to'lachadan kelgan bo'lishsa, 40 foizga, turmush
o'rtog'ingiz og'ir vaznli bo'lsa, 37 foizga oshadi.
So'nggi paytlarda G'arb tanadagi ortiqcha
kilogrammlar muammosidan tashvishga tushgan. Statistik ko'rsatkichlar
faqat Okeanortining o'zida semirib ketish tufayli turli xizmat
xodimlarining foydali ish koeffitsienti tinimsiz pastga tushib
borayotganini ko'rsatayotir. Shuning uchun ham Shimoliy Atlantika
qirg'oqlaridagi jamiyatlar bu «ko'rinmas tashvish»ga qarshi kurashga
ommaviy kirishayotirlar.
|