Qadimgi eskulaplarning tasdiqlashicha,ovqat chaynash xuddi fikrlash kabi uzoq va diqqat talab qiluvchi jarayon.Bu qoidaning muhimligini Yaponiyaning Osaka shahri universiteti olimlari tasdiqlashdi. Ular 3000 kishining ovqatlanish tartibini,ya'ni ovqat iste'mol qilish oralig'idagi tezlikni topish uchun to'qlik va ortiqcha vaznni kuzatishdi. Biz qanchalik tez yesak,shunchalik ko'p ortiqcha vazn yig'ish xavfi paydo bo'larkan: ayollar 50% , erkaklar 84%.Bularning barchasi miyaga to'yingan belgilarni berishga ulgurgandan ko'ra,oshqozonni tez to'ldiradi. Shu tufayli ovqatning har bir bo'lagi suyuq holga kelmaguncha chaynash kerak.Yaxshi chaynalgan ovqat organizmga foydali moddalarni beradi,ochiqish hissi tezroq o'tadi.