Avvalom bor assalmou aleykom hurmatli sayt azolari. Esingizda bo'lsa men oxirgi maqolamda NIMA QILSAM TO'G'RI BO'LADI deb yozgan edim. Sizlarni xammangizni komentariiyangizni o'qib chiqdim. Bazilaringizga xatto qattiq javob bervorgan vaqtlarim xam bo'ldi. Man sizlar etgandek qildim. Man u bilan gaplashdim o'sha kuniyoq. U meni sevishina aytdi. Unadan qo'rqishimni xam bilar ekan. U xar kuni ishdan qaytayotganimda meni uzoqdan kuzatib qo'yishini xar kuni tongada 7-30da uyim qarshisida turib chiqishimni kutib turishini aytdi. Men bularni bilmas edim. U man bilan kamroq uchrashishga xarakat qilar ekan ammo qo'lidan kelmas ekan. Xullas dilidagi xamma gaplarini aytdi. U men seni o'yin qilish niyatim yo'q doim yoningda bo'lishni istayman dedi. Ertasi kuni onalari bizni uyimizga kelishdi. Buyog'i ko'z ochib yumguncha bo'lib o'tib ketdi. Bula juda shoshirar edila. Nikoxga ariza topshirdik. Kotta bo'lmasda dasturxon tuzadik Hullas juda tez vaqt ichida turmush qurdik. Xozir ula mani yeru ko'kka ishonmidila. Man internetga ko'chaga chiqazmaslik uchun xattoki uyga kompyuter opkeldila. Xullas xayotim yaxshi tez kunlada Brazilyaga uchamiz bulani u yerda tanish do'xtirlari bor ekan. Hudo hohlasa u yerdan tuzalib qaytsam xammangizni mexmonga chaqiraman. Chunki aynan sizlar tufayli man bir qarorga kela oldim man xozir juda baxtliman. Agar o'sha vaqtda yuragim aytganidek undan qochib yurganimda bilmadim qay axvolda bo'lardim. U mensiz yasholmaydi. Men bo'lsa meni o'yin qilayapti deb qochib yurgan ekanman. Endi ko'zim ochildi va juda juda baxtliman Raxmat xammangizga..LS uchun xam umuman daldangiz maslahatingiz va etiboringiz uchun raxmat xammangizga..