Hasan ibn Vashsho hikoya qiladi: Kunlardan bir kuni hazrat imom Rizo (a.s) ning namoz o’qish uchun tahorat olmoqchi bo’lib turganlarini ko’rdim.
Ul zot obdastani qo’llariga olib endi qo’llariga
quymoqchi bo’luvdilar, men darrov yonlariga bordimda "Yo ibn
rasululloh, ruxsat bering sizga ko’maklashib yuboray”-dedim. Men bu
gapimdan imom xursand bo’lib ketadilar, deb o’ylagandim. Ammo ul hazrat
menga qarab: "Yo’q, Hasan, keragi yo’q”-dedilar.
Men: Savob bo’lmaydimi?- deb so’raganimda,
- Yordam berganingga savobni olasanku-ya, lekin men esa gunohkor bo’lib qolaman-da!-deb javob qaytardilar.
Men hazratning gaplarini yaxshi tushunmagan edim, buni sezgan imom
Rizo (a.s) menga bunday deb tushuntirdilar. " Ey Hasan, Qur’oni
karimning mana bu oyatini eshitganmisan?
{فَمَنْ كانَ یَرْجُو لِقاءَ رَبِّهِ فَلْیَعْمَلْ عَمَلاً صالِحاً وَ لایُشْركْ بِعِبادَةِ رَبِّهِ اَحَداً}
Bas,
kimki Parvardigori bilan muloqotda bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda
ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga)
sherik qilmasin!
(Kahf surasi, 110-oyat)
Tahorat qilish ham ibodat turlaridan biridir, shuning uchun men
ibodat qilishda sherik olgim kelmay, sening yordamingni rad etdim.”
كافى ، ج 3، ص 69
Ha, aziz muxlislar, yordamsiz tahorat olishga
qudrati yetadigan har bir banda o’zi tahorat olmoqligi lozimdir.
Albatta, betobligi va yoki o’ta qariligi tufayli birovlar yordamiga
muhtoj nochorlar bundan mustasnodirlar. Yoki tahorat suvini tayyorlab
berish kabi yordamning ham zarari yo’qdir, vallohi a’lam.
|