Bir odam har doimgidek soch va soqolini oldirish uchun sartaroshga bordi. Sochini-soqolini olayotgan sartarosh bilan chiroyli suhbat boshladilar. Turli mavzularda suhbatlashdilar. Birdan Alloh bilan aloqali mavzu ochildi...
Sartarosh: Qarang, men siz aytgan Allohning borligiga ishonmayman.
Odam: Ho'sh nimaga unday deysiz?
Sartarosh: Buni anglab yetish juda oson. Buni ko'rish uchun tashqariga chiqishingiz kifoya. Lutfan menga aytingchi, agar Alloh haqiqatdan bor bo'lganda edi, buncha muammosi-tashvishi ko'p, kasal insonlar bo'larmidi, tark etilgan yetim-yesir bolalar bo'larmidi? Alloh bor bo'lganda hech kim zulm qilmas, bir-birlarini xafa qilishmasdi insonlar. Alloh bo'lganda bularning sodir bo'lishiga ruhsat berib qarab turishiga ishonmayman..
Odam bir on o'ylandi, ammo keraksiz bahsga kirishishni hohlamagani uchun javob bermadi. Sartarosh ishini tugatgandan keyin odam tashqari chiqdi. O'sha zahoti ko'chada uzun sochli va soqoli o'sib ketgan bir kishini ko'rdi. Ko'rinishidan u kishining ancha ko'p vaqtdan beri sartaroshga bormagani, soch-soqolini oldirmagani ma'lum edi. Odam sartaroshning yoniga kirib shunday dedi:
Odam: Bilasizmi nima, men ham sartaroshning borligiga ishonmayman.
Sartarosh: Qanaqasiga axir? Mana men shu yerdaman va men sartaroshman.
Odam: Yo'q, do'stim, sartarosh yo'q. Agar rostdan ham sartarosh bor bo'lganida mana bu kishiga o'xshagan soch-soqoli olinmagan insonlar bo'lmasligi kerak edi.
Sartarosh: Hmmm..Sartarosh bor ammo bu insonlar mening oldimga kelishmasa men nima ham qilayin?
Odam: Mutlaqo to'gri! Hamma gap shunda-da! Alloh bor ammo insonlar Uning oldiga borishmasa, bu bormagan insonlarning hohishi. Mana dunyoda ko'p muammo va rohatsizliklar bo'lishining sababi!
|