Men g'urur qal'asining posboni,oddiy askar bo'laman.
Biror xavf sezsam darrov qo'mondonga xabar beraman. Ammo MUHABBAT atalmish yog'iy qalaga shiddatli hujum boshlandi. Qalaning mudofaa tizimi mustahkam bo'lganligi bois, aytarli darajada talofat ko'rmadik. Muhabbat qo'shini bizdan hayiqdimi,bilmadim.....ortga chekindi.Fursatdan foydalanib,qalani himoya qilish uchun qo'mondonimiz tegishli choralar ko'rdi. Amma.....mashum xabar tez orada G"URUR qalasiga yetib keldi.Qalada sarosimalik.Darada muhabbat qo'shinining MEHR bo'linmasi pistirmada turib,bizni yakson qildi. Qo'shinim tor-mor bo'ldi. Oradan ko'p o'tma,G'URUR qalasi ham yer bilan bitta bo'lganch, TARIXNING zalvorli o'tmishiga ko'mildi. Tan olaman. SEVGI qurboni bo'ldim.QALBIM jarohat iskanjasida,undan DAVO topish amri mahol.Qo'limdan kelgani o'zimga taskin berish,o'zimni yupatish.Asir tushganim uchun AFSUSLANMAYMAN. Muhabbat o'lkasida meni OSHIQ sifatida samimiyat ila qarshi olishdi. Ko'ngil istagi va ALLOH inoyati bilan,o'zim YOR tanladim, sevdim. Ammo SEVILMADIM. U menga BEFARQ. Na iloj,yor ishqida sarson-sargardonman. YO RAB.....Yuragimgadi dardlarni mana shunday ramziy tarzda bayon etdim.G'URUR-bu egilmas boshim.QO'MONDON bu-mening aql idrokim. Ularni bo'ysundiragigan tuyg'u-MUHABBAT!!!
|