Bir oycha umuman jim-jit bo’lib qolgan Sardor Rahimxon yana "uyg’ondi”.
"Uyg’onishiga” esa bir qiz sabab bo’lgan emish. Albatta bu xabar
ko’pchilikni taajjubga solishi aniq. Negaki, yaqindagina dabdabali to’y
qilib uylangan Sardor endi yana kimnidir sevib qolishi aqlga
sig’armidi? Sig’ar ekan, shekilli. Aytishlariga qaraganda hatto shu
qizga atab Rahimxon janoblari qo’shiq ham kuylabdi. "Qiz bola” deb
nomlangan ushbu qo’shiq kelgusi haftadan radioto’lqinlarda "aylanishi”
ham ko’zda tutilgan. Hech qanday gap-so’zlarga parvo qilmay o’sha qizga
atab qo’shiq kuylabdimi, uni muxlislarga taqdim etish harakatiga
tushibdimi, demak bunda bir gap bor. Nima bo’lganda ham Sardor
Rahimxonga insof bersin! Shu voqea bilan bog’liq, barcha haqiqatlarni
esa tez orada sizga havola etamiz. Balki, bu shunchaki, yo’qolib qolgan
xonandaning yana diqqat e’tibor markaziga tushish uchun qilgan piaridir?