Главная » 2010»Август»30 » SARDOR RAHIMHON. “ANA-MANA”... BU YANA NIMASI BO`LDI?!
20:49
SARDOR RAHIMHON. “ANA-MANA”... BU YANA NIMASI BO`LDI?!
Mustaqilligimizning 19-yilligiga bag'ishlab, poytaxtimizning bosh maydonida o'tkazilishi rejalashtirilgan bayram tadbirida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon "Ana-mana" nomli yangi qo'shig'ini ilk marotaba havola qiladi. Bu Sardor Rahimxonning iqtidorli bastakor Dilshod Ahmadsho bilan ilk hamkorlikdagi ijod namunasi. Shuningdek, kuni kecha Sardor Rahimxon Yodgor Nosirov rejissorligida "Eyforiya" taronasi uchun ishlangan klipni yakuniga yetkazdi. Tez kunlarda premera! "New Star" Media prodyuserlik markazining xonandasi Dilso'z shu kunlarda o'z ijodini turfa taronalar bilan boyitish uchun qizg'in ijod bilan band. Endi u milliy estrada yo'nalishida "Begim" nomli yangi qo'shiq ustida ishlamoqda. Qo'shiq mualliflari bastakor Iqbol Muhammadjonov va aktrisa hamda shoira Ra'no Yarasheva. Tarona tez orada FM to'lqinlari orqali jarang sochadi. "Bayon" guruhi "Darbadarman" qo'shig'i muvaffaqiyatidan ilhomlanib, yangi qo'shiq yozdi. Qo'shiq nomi antiqa. "Bebosh"! Qiziq, "Bayon" yigitlari o'zlari beboshmi yoki beboshlarga qarata bu qo'shiqni kuylashdimi? Nima bo'lganda ham qo'shiq mualliflari Malik Qodirov va Eldor Qayumov astoydil mehnat qilgan ko'rinadi. Kutamiz... Humoyun Mirzo ustozi Sardor Rahimxondan kutilmagan sovg'a oldi. Sardor Rahimxonning 2010 yil konsert dasturidan o'rin egallagan "Bevafo yorim" taronasini yaqin kunlarda Humoyun Mirzo ijrosida tinglaymiz. Humoyunni aytishiga qaraganda, bu qo'shiqni u ijro qilishni orzu qilgan ekan.