Medical News Todayning bergan xabariga ko`ra shirin bo`lmagan saqichlarni chaynash vaznning kamayishiga sabab bo`lar ekan. Bu ma`lumot Rod-Aylend Universiteti professori Ketlin Melansonning tekshiruvlari natijasi sifatida e`lon qilindi. Tajribada 35 ta erkak va ayollar ishtirok etishdi. Tekshiruvga ko`ra ishtirokchilar 5 foiz ko`proq energiya sarf etishi ma`lum bo`ldi. Olimning xulosasiga ko`ra saqich yordamida semizlikka qarshi kurashsa bo`ladi.