Santa-Klaus o'sib kelayotgan avlod uchun "yomon namuna" ekan.Avstraliya Monasha unversiteti sog'likni saqlash soxasidagi tadqiqotchisi Natan Grills shunday xulosaga keldi. Grillsning fikricha,tashvishlanishga asosiy sabab Santa-Klausning gavda tuzilishi ekan.An'anaviy qaxramonga taqlid bolalarda ovqatlanish borasida noto'g'ri odatlarni shakllantirishi mumkin.Bundan tashqari,Santa-Klaus obrazidan gazli suv va konfetlarning reklamasida foydalaniladi.Shuning uchun bu obraz bolalarda sog'lom maxsulotlar bilan uyg'un emas. Otkiritkalarda Santa-Klaus obrazi sigareta va trubka bilan uchraydi.Santani gavdalantiriladigan aktyorlarga chekish etilgan bo'lsa xam,bolalar Santa-Klausni chekadi deb o'ylashi mumkin.Santa-Klausga yo'lga ozgina brendi qoldirish odati xam yomon ekan.Grillsning fikricha,bundan bolalar ruldagi odam mast bo'lsa xam,xech narsa qilmaydi, degan xulosachiqarishlari mumkin.Bundan tashqari,xar kuni o'nlab bolalar bilan muloqot qiladigan Santa-Klauslar turli infektsiyalarni tashuvchi bo'lishi xam mumkin. Natan Grillsning uqtirishicha,Santa-Klaus bolalar salomatligi uchun an'anaviy imijidan voz kechishi kerak.Sog'lom Santa-Klausni u qanday tasavvur qilishi aniq aytilmayapti. Shuni aloxida qayt etish lozimki,2007 yilda Britaniyaning Bluewater unvermagi raxbariyati o'sha yerda ishlayotgan Santa-Klauslarning xammasini bolalarga yaxshi o'rnak bo'lishi va chiroyli ko'rinishi uchun mashg'ulot zallariga jo'natgan.